Toshkentning Yakkasaroy tumani hokimligi Kosmonavtlar maydoni qarshisida joylashgan 16 qavatli noyob «Marvarid» uyi oldidagi Kosmonavtlar bog‘ini rekonstruksiya qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda tuman hokimi Anvar Sayfutdinov «Gazeta.uz»ga xabar qildi.

Foto: Yandeks.Xaritalar

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda bog‘ «ayanchli ahvolda» hamda zamonaviy bog‘ va xiyobonlar talablariga javob bermaydi. Ushbu hududda sayr va xordiq chiqarish zonasini tashkil etish rejalashtirilgan.

«Hududni obodonlashtirib, mo‘’jaz bog‘ barpo etmoqchimiz. Bu yer odamlar sayr va xordiq chiqarish uchun keladigan maskan bo‘ladi», — dedi u.

Anvar Sayfutdinov. Foto: Yakkasaroy tumani hokimligi.

Tuman ma’muriyati rahbari loyihani amalga oshirishda birorta ham daraxtga zarar yetkazilmasligini ta’kidladi. Aksincha, yashil hudud maydoni kengaytiriladi.

Bog‘da piyodalar va velosiped yo‘laklari tashkil etiladi, bolalar maydonchalari o‘rnatilib, aholi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda boshqa qulayliklar yaratiladi, dedi hokim.

Bog‘ning hozirgi holati. Foto: Shuhrat Latipov / «Gazeta.uz»

Anvar Sayfutdinov loyiha Mimar Group tomonidan amalga oshirilmoqda. Ushbu kompaniya yakshanba kunidan beri Kosmonavtlar maydonida rekonstruksiya ishlarini olib bormoqda.

Loyiha renderi