Buxoro viloyati sudyasi Sh. Ne’matov ishdan olindi. Bu haqda sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi Sh. Ne’matov sudyalik qasamyodini buzgani uchun lavozimidan ozod etilib, vakolatlari muddatidan avval tugatildi.

Bundan tashqari, mas’uliyatsizligi va faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun Xorazm viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Xonqa tumani sudining raisi M.Hasanova hamda Navoiy viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudi raisi Sh. Togoyev intizomiy javobgarlikka tortilgan.

Xususan, Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudi raisi R.Turginov va Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Jomboy tumani sudining raisi M.Sheryigitov yozma arizalariga binoan ishdan bo‘shatilgan.