Rejep Tayyib Erdo‘g‘on martda Toshkentga kelishi kutilmoqda
14 fevral 2022, 17:15

Rejep Tayyib Erdo‘g‘on martda Toshkentga kelishi kutilmoqda

Turkiya prezidenti Rejep Tayyib Erdo‘g‘on Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi a’zolari bilan uchrashuvda mart oxirlarida O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Surxondaryoda internat direktori lavozimini 13 ming dollarga pullayotgan fuqarolar qo‘lga olindi
14 fevral 2022, 17:09

Surxondaryoda internat direktori lavozimini 13 ming dollarga pullayotgan fuqarolar qo‘lga olindi

Surxondaryo viloyatida maktab internati direktorining o‘rinbosari va viloyat XTB kadrlar bo‘limi rahbari fuqaroga 13 ming dollar evaziga internat direktori lavozimini olib berishni va’da qilganligi aniqlandi. Ularning ikkisi ham so‘ralgan mablag‘dan 5 ming dollardan olayotgan vaqtda qo‘lgan olingan, holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Andijondagi uzrbozlik ortidan tuman hokimi o‘rinbosari ishdan bo‘shatildi, hokim esa hayfsan oldi
14 fevral 2022, 16:51

Andijondagi uzrbozlik ortidan tuman hokimi o‘rinbosari ishdan bo‘shatildi, hokim esa hayfsan oldi

Andijon viloyati Marhamat tumanidagi 72-maktabda o‘qituvchilar uzr so‘rashga majburlangani ortidan tuman hokimi o‘rinbosari Muxtor Qurbonov ishdan bo‘shatildi, hokim Bobur Yo‘ldoshevga esa hayfsan berildi. Qolaversa, maktab direktori Muqaddamxon Hasanova va tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Aliyaxon Abduvohidova lavozimlaridan ozod qilindi.

Diplomlari imtihonsiz tan olinadigan xorijiy OTMlar ro‘yxati tasdiqlandi
14 fevral 2022, 16:36

Diplomlari imtihonsiz tan olinadigan xorijiy OTMlar ro‘yxati tasdiqlandi

O‘zbekistonda diplomlari maxsus sinovlarsiz tan olinadigan xorijiy oliygohlar ro‘yxati e’lon qilindi. Ushbu OTMlar QS World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities tashkilotlari reytinglarida birinchi 1000 talikka kirgan. Diplomi imtihonsiz tan olinadigan eng ko‘p OTMlar AQSh va Buyuk Britaniyada joylashgan. Markaziy Osiyodan bu ro‘yxatga faqat Qozog‘istonning ayrim OTMlari kiritilgan.

Dollarning rasmiy kursi pasaydi
14 fevral 2022, 16:25

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 16,62 so‘mga pasayib, 10 844,02 so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.

DXA tugatilib, Adliya vazirligi tarkibidagi boshqarma sifatida qayta tashkil etilishi mumkin
14 fevral 2022, 16:24

DXA tugatilib, Adliya vazirligi tarkibidagi boshqarma sifatida qayta tashkil etilishi mumkin

Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tugatilib, vazirlik tarkibida alohida boshqarma sifatida qayta tashkil etilishi mumkin. Ruslanbek Davletov vazirlik tegishli takliflarni ishlab chiqayotganini aytdi. «Bu prezidentimizning g‘oyasi… Bu sohani o‘zgartirishni prezident hal qiladi», — dedi vazir. DXMlar orqali hozirgi kunda 170 turdagi davlat xizmati ko‘rsatilmoqda, shundan 120 tasi pullik. 4 yildan ko‘proq vaqt ichida agentlik xizmatlari bo‘yicha jami 40 mlnga yaqin murojaat kelib tushgan.

Chirchiqda tadbirkor soxta hujjatlar yordamida 4 mlrd so‘m kredit olgani aniqlandi
14 fevral 2022, 16:12

Chirchiqda tadbirkor soxta hujjatlar yordamida 4 mlrd so‘m kredit olgani aniqlandi

Chirchiq shahrida hujjatlari soxtalashtirilgan obyektni garovga qo‘yib, bankdan 4 mlrd so‘m kredit olgan tadbirkor aniqlandi. U barcha mablag‘larni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan. Tadbirkorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Brent neftining narxi oxirgi yetti yillikdagi cho‘qqisiga ko‘tarildi
14 fevral 2022, 16:02

Brent neftining narxi oxirgi yetti yillikdagi cho‘qqisiga ko‘tarildi

14 fevralga o‘tar kechasi Brent markali neft narxi bir barrel uchun 96,05 dollargacha ko‘tarildi. Bu so‘nggi 7 yildagi eng yuqori ko‘rsatkich. Neft narxi 2021 yilning boshidan beri deyarli uzluksiz qimmatlashmoqda.

Toshkentda hayvonlarning pnevmatik quroldan otilishi bo‘yicha surishtiruv ishlari boshlandi
14 fevral 2022, 15:31

Toshkentda hayvonlarning pnevmatik quroldan otilishi bo‘yicha surishtiruv ishlari boshlandi

Toshkent shahrining Mirobod tumanida noma’lum erkak it va mushuklarni pnevmatik qurol yordamida otganligi aytilmoqda. Holat yuzasidan tergovgacha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shavkat Rahmonov Namangan viloyati IIBga boshliq etib tayinlandi
14 fevral 2022, 14:59

Shavkat Rahmonov Namangan viloyati IIBga boshliq etib tayinlandi

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan Shavkat Rahmonov Namangan viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi. U mazkur lavozimda Adil Ataxodjayevning o‘rnini egalladi.

Maktablardagi tungi tadbirlarga o‘qituvchilarni majburiy jalb etish taqiqlanadi — XTV
14 fevral 2022, 13:42

Maktablardagi tungi tadbirlarga o‘qituvchilarni majburiy jalb etish taqiqlanadi — XTV

Xalq ta’limi vazirligi kechki tadbirlarga pedagog xodimlar va o‘qituvchilarni majburiy jalb etish taqiqlangani haqida hududiy boshqarmalarni ogohlantirdi. Ta’kidlanishicha, ushbu tungi tadbirlar uyushmagan va 18−30 yosh orasidagi fuqarolarga mo‘ljallangan. Avvalroq, Andijon viloyatidagi maktablarda kechasi soat 22:00 ga qadar tadbirlar o‘tkazilayotgani xabar qilingandi.

O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi Ukrainadagi fuqarolarni dipmissiya bilan aloqada bo‘lishga chaqirdi
14 fevral 2022, 12:53

O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi Ukrainadagi fuqarolarni dipmissiya bilan aloqada bo‘lishga chaqirdi

O‘zbekistonning Kiyevdagi vakolatxonasi Ukrainadagi vatandoshlarga murojaat qilib, ulardan elchixona bilan aloqada bo‘lib turishni so‘ragan. Diplomatik missiya bir o‘zbekistonliklardan vahimaga berilmaslik va tekshirilmagan, feyk xabarlarni tarqatmaslikni so‘ragan.

Hafta davomida sovuq havo saqlanib qoladi
14 fevral 2022, 12:45

Hafta davomida sovuq havo saqlanib qoladi

Hafta mobaynida O‘zbekistonda sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, bir necha kun davomida tungi sovuqlar ham saqlanib qoladi. Dushanba kungi yomg‘ir va qordan keyin boshqa yog‘ingarchilik kutilmaydi. Hafta oxirida esa havo biroz isishi mumkin.

Andijondagi portlashda Qirg‘iziston fuqarosi halok bo‘lgani aniqlandi
14 fevral 2022, 12:39

Andijondagi portlashda Qirg‘iziston fuqarosi halok bo‘lgani aniqlandi

Andijondagi portlashda halok bo‘lgan qurbon Qirg‘iziston fuqarosi ekanligi aniqlandi. FVV portlash oqibatida 1 kishi halok bo‘lgani, 11 kishi jarohatlangani haqida ma’lum qilgan edi. Voqea guvohlari halok bo‘lganlar soni bir kishidan ko‘proq bo‘lganligini ta’kidlagan edi.

Maktablarda kadr xizmati xodimlariga 16 mlrd so‘m kam oylik to‘langani aniqlandi
14 fevral 2022, 12:31

Maktablarda kadr xizmati xodimlariga 16 mlrd so‘m kam oylik to‘langani aniqlandi

Adliya vazirligi maktablardagi kadr xizmati xodimining lavozim razryadlarini pasaytirib ko‘rsatish oqibatida oylik maosh 16 mlrd so‘mga kamroq to‘lab berilganini aniqladi. Hozirga qadar ko‘rilgan ta’sir choralari natijasida esa faqatgina 3 mlrd so‘m maosh to‘lanishiga erishilgan.

Kollej va texnikumlar o‘quvchilariga ham stipendiya to‘lanishi mumkin
14 fevral 2022, 12:02

Kollej va texnikumlar o‘quvchilariga ham stipendiya to‘lanishi mumkin

Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan prezident qarori loyihasiga ko‘ra, dual ta’lim shakliga o‘tgan kollej va texnikumlar o‘quvchilariga ham stipendiya to‘lanishi mumkin. Qolaversa, dual ta’lim shaklini joriy qilgan eng yaxshi 100 ta professional ta’lim muassasasiga har yili 50 mln so‘mdan mablag‘ ajratiladi.

Toshkentda «Malibu» urib yuborgan 45 yoshli piyoda vafot etdi
14 fevral 2022, 11:25

Toshkentda «Malibu» urib yuborgan 45 yoshli piyoda vafot etdi

Toshkent shahrining Mirobod tumanida «Malibu» haydovchisi 45 yoshli fuqaroni urib yubordi. Buning oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Muborak tumani hokimiga «hayfsan» berildi
14 fevral 2022, 11:02

Muborak tumani hokimiga «hayfsan» berildi

Faoliyatidagi kamchiliklar va aholi murojaatlariga e’tiborsiz qaragani uchun Muborak tumani hokimi Akrom Aripovga «hayfsan» berildi.

Kovidning kunlik holati 322 tagacha kamaydi
14 fevral 2022, 10:23

Kovidning kunlik holati 322 tagacha kamaydi

Yakshanba kuni 322 kishining koronavirus infeksiyasiga topshirgan PZR-testi musbat natijani ko‘rsatdi — bu shanba kungi ko‘rsatkichga (439 ta) qaraganda 117 taga kam. Qolaversa, shu kuni koviddan 3 kishi vafot etdi, 61 kishida esa pnevmoniya aniqlandi.

Chimyon hududida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi
14 fevral 2022, 10:03

Chimyon hududida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolarni Chimyonda qor ko‘chishi xavfidan ogohlantirib, ehtiyot choralarini ko‘rish bilan birga «Diqqat! Qor ko‘chkisi xavfi mavjud» belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni so‘radi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting