Tashqi ishlar vazirligi tasarrufidagi «Dunyo» axborot agentligining nomi o‘zining avvalgi — «Jahon» AA nomiga qayta o‘zgartiriladi. Bu haqda agentlikning sayti xabar berildi.

«Xuddi shu nomdagi yoki unga o‘xshash nomlarga ega bo‘lgan ko‘plab tijoriy va boshqa tuzilmalar paydo bo‘lgani sababli shunday qaror qabul qilindi», — deyiladi ma’lumotda.

Ta’kidlanishicha, agentlik veb-saytining internetdagi elektron pochta manzillari, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlardagi kanallarga kiritilgan o‘zgartirishlar haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Ma’lumot uchun, «Dunyo» axborot agentligi prezidentning 2018 yildagi [5400-son] farmoniga asosan Tashqi ishlar vazirligi tuzilmasidagi «Jahon» axborot agentligi negizida tashkil etilgandi. Agentlikka 2019 yil 17 noyabr kuni Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligidan 0113-raqamli guvohnoma berilgan.