7−8 mart kunlari Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 428 nafar O‘zbekiston fuqarosi, shu jumladan 69 nafar ayol, 48 nafar voyaga yetgaman shaxs va 11 nafar chaqaloq olib kelindi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, 28 fevraldan 8 martga qadar 21 ta aviareys tashkillashtirilgan hamda urush bo‘layotgan joylardan 4 787 nafar O‘zbekiston fuqarolari qaytarilgan.

8 mart kuni yana ikkita reys amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

«Shu bilan birga, Moldova hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini olib chiqish masalasini ishlab chiqish boshlandi», — deyiladi xabarda.

3 mart kuni TIV Ukrainadan Moldovaga 200 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari o‘tganligini ma’lum qilgan edi.