Uzbekistan Airways aviakompaniyasi yo‘lovchilar orasida talab ortishi munosabati bilan Toshkent — Moskva — Toshkent va Toshkent — Sankt-Peterburg — Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishi haqida xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent va Moskva o‘rtasidagi qo‘shimcha aviaqatnovlar 9 martdan 14 martgacha, Toshkent va Sankt-Peterburg o‘rtasida esa 11, 13 va 14 mart kunlari amalga oshiriladi.

Avvalroq, Rossiyaning qator aviakompaniyalari xalqaro sanksiyalar tufayli xalqaro reyslarni to‘xtatgani haqida yozgan edik.