Toshkent shahrida yaqin 2 soat ichida kuchli momaqaldiroq bilan yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, deb xabar berdi O‘zgidromet.

Shuningdek shamol tezligi 12−14 m/s kuchayishi mumkin.

O‘zgidromet haydovchilardan tezlik me’yoriga rioya qilgan holda ehtiyotkorlik bilan harakat qilishlarini, zarurat bo‘lmasa ushbu vaqt oralig‘ida avtomashinada xarakatlanishni imkon qadar cheklashlarini so‘ramoqda.