Bugun, 9 mart kuni O‘zbekistonga COVAX dasturi doirasida 2 257 600 doza Moderna vaksinasi keltirildi, deb xabar bermoqda SSV.

Mamlakatda foydalanilayotgan vaksinalarning umumiy miqdori 59 269 023 dozaga yetdi.

Ulardan:

  • 2 404 480 dozasi AstraZeneca;
  • 41 996 268 dozasi ZF-UZ-VAC2001;
  • 1 341 790 dozasi «Sputnik V»;
  • 8 580 460 dozasi Moderna;
  • 2 626 650 dozasi Pfizer/BioNTech;
  • 1 976 000 dozasi Sinovac;
  • 343 375 dozasi Sputnik Light vaksinasidir.

Shundan 46,5 million dozadan ortiq vaksina emlash jarayonlarida qo‘llanildi.

Hozirda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi 12 720 731 doza vaksina zaxirasi mavjud.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Avvalroq, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati rahbari Bahodir Yusupaliyev mart, iyun va iyul oylarida yana 4 mln doza Pfizer, 7,5 mln doza Moderna vaksinasi olib kelinishini ma’lum qilgandi. Qolaversa, O‘zbekistonda yana 10 mln doza o‘zbek-xitoy vaksinasi ham ishlab chiqarilgan.