Hafta juda issiq bo‘ladi
18 iyul 2022, 12:27

Hafta juda issiq bo‘ladi

Haftaning ikkinchi yarmida kunduzi havo +45 darajagacha, shimoliy, janubiy va cho‘l zonalarida ba’zi joylarda +47 darajagacha isiydi. Haroratning pasayishi 23 iyul kuni mamlakatning shimoliy hududlaridan boshlanadi.

UzAuto Motors kompaniyasi Tracker avtomobilini ishlab chiqarishni boshladi
18 iyul 2022, 11:53

UzAuto Motors kompaniyasi Tracker avtomobilini ishlab chiqarishni boshladi

UzAuto Motors Chevrolet Tracker 2023 avtomobilini seriyali ishlab chiqarishni boshladi. Mashina avgust oxirida sotuvga chiqariladi. Ishlab chiqarish quvvati yiliga 80 mingtani tashkil etadi. Shu yil oxirigacha esa 25 mingta krossoverni sotuvga chiqarish rejalashtirilgan.

90 ming dollarni Tojikistonga olib o‘tmoqchi bo‘lgan ayol to‘xtatib qolindi
18 iyul 2022, 11:26

90 ming dollarni Tojikistonga olib o‘tmoqchi bo‘lgan ayol to‘xtatib qolindi

DXX hamda bojxona qo‘mitasi xodimlari 90 ming dollarni Tojikistonga olib o‘tmoqchi bo‘lgan ayolni to‘xtatib qoldi. U chegaradan pulning bir qismini avval oyoq kiyimlari ichiga, keyingi safar egnidagi kiyimlari orasiga yashirgan holda o‘tmoqchi bo‘lgan.

Zelenskiy bosh prokuror va xavfsizlik xizmati boshlig‘ini ishdan bo‘shatdi
18 iyul 2022, 11:18

Zelenskiy bosh prokuror va xavfsizlik xizmati boshlig‘ini ishdan bo‘shatdi

Ukraina prezidenti bosh prokuror Irina Venediktova va xavfsizlik xizmati rahbari Ivan Bakanovni ishdan bo‘shatdi. U bu qarorni milliy xavfsizlik asoslariga qarshi ko‘plab jinoyatlar, shuningdek, Ukraina huquq-tartibot idoralari xodimlari va Rossiya maxsus xizmatlari o‘rtasidagi aloqalar bilan izohladi.

“Freedom Broker” va “UzAuto Motors” anderrayting bo‘yicha hamkorlik shartnomasini imzoladi
18 iyul 2022, 11:00

“Freedom Broker” va “UzAuto Motors” anderrayting bo‘yicha hamkorlik shartnomasini imzoladi

“UzAuto Motors va “Freedom Broker” kompaniyalari anderrayting bo‘yicha hamkorlik shartnomasini imzoladi. “Freedom Broker” ijrochi direktori Yevgeniy Mojeyko aksiyalarni chiqarish bosqichlari va kelajakdagi rejalar haqida so‘zlab berdi.

Farg‘onaning tog‘li hududlarida muzli sel kelishi xavfi e’lon qilindi
18 iyul 2022, 10:32

Farg‘onaning tog‘li hududlarida muzli sel kelishi xavfi e’lon qilindi

18−24 iyul kunlari Qirg‘iziston hududidan Farg‘ona viloyati tog‘ oldi va tog‘li hududlarida glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu tog‘larda bo‘lishi kutilayotgan yuqori issiq harorat foni hisobiga sodir bo‘ladi, deya ma’lum qildi O‘zgidromet.

Elektromobil importi 4,5 barobarga oshdi
18 iyul 2022, 10:02

Elektromobil importi 4,5 barobarga oshdi

2022 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga umumiy qiymati 34,1 mln dollar bo‘lgan 1125 ta elektromobil olib kirildi. Import hajmi 4,5 barobarga o‘sgan.

O‘zbekistonlik o‘quvchi Xalqaro biologiya olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritdi
18 iyul 2022, 09:58

O‘zbekistonlik o‘quvchi Xalqaro biologiya olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritdi

Armanistonda o‘tgan 33-Xalqaro biologiya olimpiadasida o‘zbekistonlik Aziza Abduvaliyeva bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Mudofaa vazirligi Afg‘onistondan raketa uchirilgani haqidagi xabarlarni rad etadi
17 iyul 2022, 23:52

Mudofaa vazirligi Afg‘onistondan raketa uchirilgani haqidagi xabarlarni rad etadi

Mudofaa vazirligi Afg‘onistondan O‘zbekiston bilan chegaradosh hududga uchinchi raketa hujumi uyushtirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Qoraqalpog‘istondagi voqealar bo‘yicha ishonch telefoni ishga tushirildi
17 iyul 2022, 23:10

Qoraqalpog‘istondagi voqealar bo‘yicha ishonch telefoni ishga tushirildi

Qoraqalpog‘istondagi fojiali voqealarni tekshirish bo‘yicha parlament komissiyasi ishonch telefonini ishga tushirdi. Fuqarolar iyul oyining ilk kunlarida nimalar sodir bo‘lgani haqida 1374 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib xabar berishlari mumkin.

O‘zbekiston shaxmat tarixida ilk bor dunyo reytingida TOP-20 ga kirdi
17 iyul 2022, 17:40

O‘zbekiston shaxmat tarixida ilk bor dunyo reytingida TOP-20 ga kirdi

Jahon shaxmat reytingida o‘zbekiston ilk bor kuchli yigirmatalikka kirdi. Birinchi uchta o‘rinni AQSh, Rossiya, Xitoy egallab turibdi. Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog‘iston — 37, Qirg‘iziston — 76, Tojikiston — 85, Turkmaniston — 116 — o‘rinda bormoqda.

Nurmat Otabekov «omikron» shtammining «kentavr» turi kirib kelishini istisno qilmadi
17 iyul 2022, 17:27

Nurmat Otabekov «omikron» shtammining «kentavr» turi kirib kelishini istisno qilmadi

SES rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov O‘zbekistonga koronavirus «omikron» shtammining yangi kichik turi kirib kelishi mumkinligini inkor etmadi. U kasallik omikronning boshqa kichik turlari bilan bir xil tarzda kechishi hamda mavjud vaksinalar kovidning barcha turlari asoratlaridan himoya qilishini ta’kidladi.

Karate federatsiyasining sobiq rahbarlariga nisbatan ish ochildi
16 iyul 2022, 20:32

Karate federatsiyasining sobiq rahbarlariga nisbatan ish ochildi

Bosh prokuratura Karate federatsiyasining sobiq rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Ular hujjatlarni qalbakilashtirish va o‘ta yirik miqdorda budjet mablag‘larini o‘zlashtirishda ayblanmoqda.

Rossiya bilan muntazam avtobus qatnovi tiklanmoqda
16 iyul 2022, 20:00

Rossiya bilan muntazam avtobus qatnovi tiklanmoqda

Moskva, Qozon va Sankt-Peterburg shaharlariga muntazam avtobus qatnovlari 18 iyuldan haftasiga ikki marta amalga oshiriladi.

Qoraqalpog‘istonlik tadbirkorlar hisobotni o‘z vaqtida topshirmaganlari uchun javobgarlikka tortilmaydi
16 iyul 2022, 19:06

Qoraqalpog‘istonlik tadbirkorlar hisobotni o‘z vaqtida topshirmaganlari uchun javobgarlikka tortilmaydi

Favqulodda holat rejimida Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlar soliq deklaratsiyasini o‘z vaqtida taqdim etmaganliklari uchun javobgarlikka tortilmaydi, deb xabar qildi Davlat soliq qo‘mitasi.

Davlat organi xizmat mashinasini davlat raqamisiz boshqargan haydovchi jarimaga tortildi
16 iyul 2022, 18:35

Davlat organi xizmat mashinasini davlat raqamisiz boshqargan haydovchi jarimaga tortildi

Qashqadaryoda davlat organiga tegishli xizmat mashinasini davlat raqamisiz boshqargan haydovchi jarimaga tortildi. Avtomobil jarima maydonchasiga qo‘yildi.

Iyun oyida pul o‘tkazmalari rekordni yana yangiladi
16 iyul 2022, 17:38

Iyun oyida pul o‘tkazmalari rekordni yana yangiladi

O‘zbekistonda iyun oyidagi xorijdan pul o‘tkazmalari miqdori rekordni yangilab, 2,34 mlrd dollarni tashkil qildi. Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 3,25 martaga ko‘p.

Qorako‘l maktabi o‘quvchisi Xalqaro matematika olimpiadasi sovrindori bo‘ldi
16 iyul 2022, 15:59

Qorako‘l maktabi o‘quvchisi Xalqaro matematika olimpiadasi sovrindori bo‘ldi

Norvegiyada bo‘lib o‘tgan 63-Xalqaro matematika olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchi Lazizbek Rajabboyev bronza medalini qo‘lga kiritdi.

«Tashabbusli budjet» jarayonining ikkinchi mavsumi boshlandi
16 iyul 2022, 15:56

«Tashabbusli budjet» jarayonining ikkinchi mavsumi boshlandi

15 iyuldan «Tashabbusli budjet» jarayonining ikkinchi mavsumiga start berildi. Bu safar qariyb 900 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi kutilmoqda. Navbatdagi mavsumda har bir bosqichga 20 kundan — jami 60 kun muddat beriladi. Qoraqalpog‘istonda esa tashabbusli budjet jarayoni bir oy farq bilan o‘tkaziladi.

Qozog‘istondagi YTHda ikki o‘zbekistonlik halok bo‘lgani rad etildi
16 iyul 2022, 15:24

Qozog‘istondagi YTHda ikki o‘zbekistonlik halok bo‘lgani rad etildi

FVVning yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘istonda sodir bo‘lgan YTHda halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q. Hozirda Oqsuv-Ayuli kasalxonasida jarohatlangan besh nafar o‘zbekistonlik davolanmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting