Qoraqalpog‘iston tadbirkorlari hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim etmaganliklari uchun javobgarlikka tortilmaydi, deya xabar qildi Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati.

Qaror respublikada 3 iyuldan 2 avgustgacha joriy etilgan favqulodda holat rejimini hisobga olgan holda qabul qilindi.

DSQ ushbu hududda faoliyat yuritayotgan soliq to‘lovchilarga nisbatan favqulodda holat davrida soliq hisobotlarini belgilangan muddatlarda taqdim etmaslik holatlari bo‘yicha javobgarlik va ta’sir choralari (bankdagi hisobraqamlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatish, QQS guvohnomasini amal qilishini vaqtincha to‘xtatish) qo‘llanilmasligini ma’lum qildi.