So‘x tumanidagi muammolarni bartaraf etishga 1 trln so‘m ajratiladi
4 iyun 2020, 13:10

So‘x tumanidagi muammolarni bartaraf etishga 1 trln so‘m ajratiladi

So‘x tumanidagi barcha muammolarni bartaraf etish uchun 1 trln so‘mga yaqin mablag‘ ajratilishi rejalashtirilmoqda. Bu masala bo‘yicha prezident qarori loyihasi tayyorlanmoqda. Co‘xlik yoshlarning oliy o‘quv yurtlariga qabul qilinishi uchun 500 ta kvota ajratiladi, ular oliy o‘quv yurtlariga imtihonlarni o‘z ona tillari — tojik tilida topshirishlari mumkin bo‘ladi.

“O‘rikzor” savdo majmuasi faoliyati qayta tiklandi
4 iyun 2020, 12:47

“O‘rikzor” savdo majmuasi faoliyati qayta tiklandi

14 kunlik karantindan keyin “O‘rikzor” savdo majmuasi qayta ochildi. Qurilish materiallari bozori “Stroygorod” majmuasi bundan mustasno.

Yanvar-aprel oylarida 2,5 mlrd dollar xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgan
4 iyun 2020, 12:18

Yanvar-aprel oylarida 2,5 mlrd dollar xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgan

Yanvar-aprel oylarida 1,7 mlrd dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va 831 mln dollar xorijiy kreditlar o‘zlashtirilgan. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning umumiy investitsiyalar hajmidagi ulushi 26% gacha o‘sdi. Ushbu davrda Rossiya, Xitoy, Germaniya va Janubiy Koreya O‘zbekistonga eng ko‘p investitsiya kiritgan davlatlar bo‘ldi.

So‘x tumani IIBga yangi rahbar tayinlandi
4 iyun 2020, 11:55

So‘x tumani IIBga yangi rahbar tayinlandi

So‘x tumani ichki ishlar bo‘limiga Rahimberdiyev Qosimjon rahbar etib tayinlandi. IIBning oldingi rahbari So‘x tumaniga hokim etib tayinlangan edi.

Yashnobod tumanida asfalt zavodida yong‘in sodir bo‘ldi
4 iyun 2020, 11:34

Yashnobod tumanida asfalt zavodida yong‘in sodir bo‘ldi

4 iyun kuni Yashnobod tumanida joylashgan bitum eritish basseynida yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in soat 06:05 da to‘liq bartaraf etilgan, yong‘in sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Koronavirus bemorlari soni 3874 nafarga yetdi
4 iyun 2020, 10:05

Koronavirus bemorlari soni 3874 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 31 nafarga ortib, jami 3874 kishini tashkil etmoqda. Yangi kasallanganlarning 20 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 8 nafari Toshkent shahrida aniqlangan. Shuningdek, 1 nafardan bemor Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida qayd etilgan.

Shavkat Mirziyoyev — «Ish joyini ko‘paytirib, kambag‘allikni qisqartirish — boshqa maqsadim yo‘q»
4 iyun 2020, 09:57

Shavkat Mirziyoyev — «Ish joyini ko‘paytirib, kambag‘allikni qisqartirish — boshqa maqsadim yo‘q»

«Ish uslubimiz shunday bo‘lishi kerak: 50 foiz karantin, 50 foiz iqtisodiyot» — prezident pandemiya sharoitida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlarga e’tibor berish kerakligini ta’kidladi. Iqtisodiy kompleks a’zolariga Xitoy tajribasini o‘rganish tavsiya etildi.

“Sariq” va “yashil” hududlar o‘rtasida avtobuslar qatnoviga ruxsat beriladi
4 iyun 2020, 08:10

“Sariq” va “yashil” hududlar o‘rtasida avtobuslar qatnoviga ruxsat beriladi

15 iyundan “sariq” va “yashil” hududlar o‘rtasida avtobuslar qatnoviga ruxsat beriladi. Bunda, avtobus yakuniy bekatda dezinfeksiya qilinishi, salonga faqat niqobdagi yo‘lovchilarni kiritish va haydovchilarni ham himoya vositalari bilan ta’minlash talab etiladi.

15 iyundan ayrim hududlarda buyum bozorlari va ovqatlanish obyektlari faoliyati tiklanadi
4 iyun 2020, 07:50

15 iyundan ayrim hududlarda buyum bozorlari va ovqatlanish obyektlari faoliyati tiklanadi

15 iyundan boshlab “yashil” va “sariq” hududlarda umumiy ovqatlanish obyektlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va buyum bozorlari faoliyatiga muayyan shartlar asosida ruxsat berilmoqda. Bunda belgilangan shartlarga rioya qilish kerak bo‘ladi.

Mehmonxona va diniy tashkilotlar faoliyatiga ayrim hududlarda ruxsat berildi
4 iyun 2020, 07:30

Mehmonxona va diniy tashkilotlar faoliyatiga ayrim hududlarda ruxsat berildi

5 iyundan boshlab “sariq” hududlarda mehmonxonalar hamda ochiq havodagi restoran va kafelar faoliyatiga ruxsat beriladi. Qo‘shimcha ravishda, “yashil hududlarda” trenajer zallari, ta’lim markazlari, diniy tashkilotlar va madaniyat obyektlari faoliyatiga ma’lum shartlar asosida ruxsat beriladi. Jumladan, masjidlarda namoz vaqtida fuqarolarning oraliq masofasini 1,5 metr etib belgilash kerak bo‘ladi.

Yana 235 mingdan ortiq oilaga moddiy yordam ajratiladi
3 iyun 2020, 22:48

Yana 235 mingdan ortiq oilaga moddiy yordam ajratiladi

Pandemiya 450 mingga yaqin oilalar daromadiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin, deya ta’kidlandi prezident raisligidagi yig‘ilishda. Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qabul qilingan qarorlar doirasida yil yakuniga qadar qo‘shimcha 235 mingdan ziyod oilaga moddiy yordam ajratilishi qayd etildi.

1 oktyabrgacha minimal iste’mol savatchasining huquqiy asoslari ishlab chiqiladi
3 iyun 2020, 22:35

1 oktyabrgacha minimal iste’mol savatchasining huquqiy asoslari ishlab chiqiladi

Prezident tomonidan 1 oktyabrgacha tirikchilik uchun zarur eng kam miqdor va minimal iste’mol savatchasining huquqiy asoslarini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Kambag‘allik chegarasi va mezonlarining jahon amaliyotida tan olingan 4 ta hisoblash usuli Farg‘ona viloyatining Toshloq tumani misolida sinovdan o‘tkazilishi belgilandi

Belarusda hukumat iste’foga chiqarildi
3 iyun 2020, 22:25

Belarusda hukumat iste’foga chiqarildi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko amaldagi hukumatni iste’foga chiqarish bo‘yicha qarorga imzo qo‘ydi.

Koronavirusdan vafot etganlar soni 16 kishiga yetdi
3 iyun 2020, 22:02

Koronavirusdan vafot etganlar soni 16 kishiga yetdi

72 yoshli koronavirus bemori o‘pka-yurak yetishmovchiligi, bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishidan vafot etdi. Vafot etgan koronavirus bemorlari soni 16 kishiga yetdi.

Yengil avtomobillarni olib kirish uchun aksiz solig‘i bekor qilinadi
3 iyun 2020, 21:55 2

Yengil avtomobillarni olib kirish uchun aksiz solig‘i bekor qilinadi

1 avgustdan boshlab yengil avtomobillarni olib kirish uchun aksiz solig‘i bekor qilinadi. Hozir yengil avtomobillarning importi uchun 30 foiz aksiz solig‘ini to‘lash kerak (Rossiya, Ukraina va Qozog‘iston olib kelinadigan avtomobillar uchun 2 foiz).

Obodonlashtirish boshqarmasi mansabdor shaxslari 200 mln so‘mni o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda
3 iyun 2020, 19:24

Obodonlashtirish boshqarmasi mansabdor shaxslari 200 mln so‘mni o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda

Quvasoy shahar Obodonlashtirish boshqarmasi mansabdor shaxslari 202,4 mln so‘m mikdordagi byudjet mablag‘larini o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda. Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, tuman ko‘chalarida 75,5 mln so‘mlik metall ustun va tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatgan kompaniya hisob raqamiga 278 mln so‘m o‘tkazilgan.

Farg‘onada avtomobil ag‘darilishi oqibatida yo‘lovchi halok bo‘ldi
3 iyun 2020, 18:02

Farg‘onada avtomobil ag‘darilishi oqibatida yo‘lovchi halok bo‘ldi

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida voyaga yetmagan “Lacetti” avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi sababli ag‘darilib, uning oqibatida avtomashinada bo‘lgan voyaga yetmagan yo‘lovchi jarohatlanadi, keyinchalik u shifoxonada vafot etgan.

YUNVTOning 66-mintaqaviy yig‘ilishi Samarqandda bo‘lib o‘tishi mumkin
3 iyun 2020, 17:47

YUNVTOning 66-mintaqaviy yig‘ilishi Samarqandda bo‘lib o‘tishi mumkin

O‘zbekiston tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Qayta tiklanish yo‘li” onlayn konferensiyasida YUNVTOning bosh kotibi 2021 yili tashkilotning navbatdagi 66-mintaqaviy komissiya yig‘ilishi Samarqandda bo‘lib o‘tishi mumkinligi haqida ma’lum qildi.

Davlat bojidan tushgan mablag‘larni to‘liq byudjetga o‘tkazish rejalashtirilmoqda
3 iyun 2020, 17:44

Davlat bojidan tushgan mablag‘larni to‘liq byudjetga o‘tkazish rejalashtirilmoqda

Davlat bojini to‘lashdan tushadigan mablag‘lar 100 foiz miqdorda Davlat byudjetiga o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda tegishli qonun loyihasi Moliya vazirligi tomonidan e’lon qilindi. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, hozirda davlat bojining ba’zi turlari bo‘yicha mablag‘larning 85 foizigacha qismi byudjet tashkilotlarning byudjetdan tashqari jamg‘armalariga o‘tkaziladi.

Yana 46 kishida koronavirus aniqlandi (jami — 3815)
3 iyun 2020, 17:37

Yana 46 kishida koronavirus aniqlandi (jami — 3815)

Koronavirus holatlari 46 taga ko‘payib, jami 3815 taga yetdi. Yangi aniqlangan holatlarning 45 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida va qolgan 1 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida aniqlandi. Hozirgacha kun davomida 54 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting