2022 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston 10 ta xorijiy davlatdan qiymati 34,1 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 1125 ta elektromobil import qildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Elektromobil importi 2021 yilning mos davriga nisbatan 875 taga yoki 4,5 barobarga oshgan.

Yilning birinchi yarmida O‘zbekiston asosan qo‘yidagi davlatlardan elektromobillarni import qilgan:

  • Xitoy — 983 ta;
  • BAA — 73 ta;
  • Germaniya — 27 ta;
  • Gonkong — 25 ta;
  • Koreya — 6 ta;
  • Litva — 6 ta;
  • Estoniya — 2 ta.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda O‘zbekistonga qiymati 16,9 mln dollarga teng bo‘lgan 809 ta elektromobil import qilingan haqida xabar berilgan edi.