“O‘zavtosanoat” 2022 yil 9 mart kuni kompaniya aksiyalarini ichki va xorijiy fond bozorlarida birlamchi ommaviy joylashtirishni (IPO) tashkil etish uchun anderrayterlar konsorsiumini jalb qilish bo‘yicha rasmiy tender e’lon qildi.

Nomzodlar bir qator mezonlar bo‘yicha baholandi: fond birjalarida savdo qilish tajribasi, investorlar bilan ishlash malakasi. Shuningdek, ular biznes-rejani, moliyaviy modelni, IPO vaqtini va hajmi bo‘yicha hisob-kitoblarni taqdim etishlari kerak edi.

Tender natijasida “Freedom Finance” boshchiligidagi konsorsium g‘olib deb e’lon qilindi.

2021 yilning aprel oyida UzAuto Motors 300 mln dollarlik ilk yevrobondlarni chiqardi. 2022 yil oxirigacha kompaniya o‘z aksiyalarining 5 foizini O‘zbekiston fond birjasiga joylashtirishni rejalashtirgan. 2023 yilda anderrayter tavsiyasiga ko‘ra chet elda joylashtirish uchun platforma tanlanadi. Kompaniyaning 25% gacha aksiyalari ushbu platformaga joylashtiriladi.

Investitsiya kompaniyasining ijrochi direktori Yevgeniy Mojeyko IPO nima olib kelishi, kompaniya hozirda ishining qaysi bosqichida ekanligi va yil oxirigacha qanday rejalar borligi haqida gapirib berdi.

Klassik IPO

Freedom Broker kompaniyasi “UzAuto Motors” aksiyalarini birlamchi joylashtirish (IPO)ning anderrayteri sifatida tanlandi. 7 iyul kuni ikki kompaniya tegishli shartnomani imzoladi.


Tender hujjatlarini tayyorlash uchun bir oydan ko‘proq vaqt sarflandi. Bundan oldin Freedom Broker ekspertlari “UzAuto” bahosini tekshirgan edi. Shu asosda ular kompaniyaning qarashlari va qaysi narxda joylashtirilishi va shunga mos ravishda “Freedom Broker” xizmatlari qanchaga tushishi bo‘yicha tijoriy taklifni shakllantirdilar.

“O‘ylayshimcha, “UzAuto Motora” bilan shartnomani tasdiqlash va imzolash O‘zbekistondagi butun faoliyatimiz tarixida eng tez va samaralisi bo‘ldi — 6 iyun kuni biz tenderda g‘olib chiqqanimizni bildik, 7 iyulda esa anderrayting bo‘yicha shartnoma imzoladik.

Umuman olganda, bu kapitalni jalb qilish uchun klassik IPO bo‘ladi. Shu bilan birga, milliy kompaniyalarni xususiylashtirish dasturi doirasida joylashtirish nafaqat respublika fond birjasida, balki xalqaro platformalarda ham amalga oshiriladi. Bu masala bo‘yicha bugun muloqot olib borilmoqda.

London fond birjasi tanlanishi ehtimoli bor. Chunki ushbu fondda bundan oldin ham UzAvto`ning obligatsiyalari joylashtirilgan edi", — dedi Yevgeniy Mojeyko.

“Freedom Broker” baholashlariga ko‘ra, joylashtirish hajmi 20 mln dollardan boshlanadi.

Chet elda aksiyalarni joylashtirish uchun platformani tanlash jarayoni

Yevgeniy Mojeyko`ning so‘zlariga ko‘ra, xorijda aksiyalarni joylashtirish uchun platformani tanlashda birinchi navbatda likvidlikka e’tibor berish kerak. Ushbu ko‘rsatkich IPO uchun xalqaro platformani tanlashda eng muhimlaridan biridir.

“Likvidlik katta kapitalni jalb qilish imkoniyatini belgilaydi.

Agar London fond birjasi va, masalan, Nyu-York fond birjasi o‘rtasida tanlov bo‘lsa, birinchisiga ko‘proq ustunlik beriladi. Ularning har birining ijobiy va salbiy tomonlari bor", — dedi Yevgeniy Mojeyko.

London birjasi Yevropaning eng yirik va eng qadimgi birjalaridan biri, shuningdek, xalqaro birjalardan biridir.


Va agar aksiyalarini Amerika fond birjasida joylashtirishni tanlagan kompaniya ertasi kuni kompaniyaning faoliyati Amerika qimmatli qog‘ozlar komissiyasi tomonidan nazorat qilinishiga tayyor bo‘lishi kerak bo‘lsa, Londonda joylashtirish sharoitlari biroz yengilroq.

Kelishuvning muvaffaqiyati nimada

Yevgeniy Mojeyko`ning so‘zlariga ko‘ra, “Freedom Broker” O‘zbekistonda to‘rt yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Va jamoa 2008 yildan boshlab Qo‘qon mexanika zavodi SPO`si, xususiy qurilish kompaniyasining birinchi indekslangan obligatsiyalari hamda “Kvars” va “Uzmetkombinat” aksiyalarining birlamchi ommaviy joylashtirilishi orqali ushbu davrda o‘z malakasi va professionalligini isbotladi.

“Bitimdan bitimgacha joylashtirish hajmi geometrik progressiya tarzida o‘sdi. Shunday qilib, “Uzmetkombinat” aksiyalari 5 mln dollar hajmida joylashtirildi, talab to‘qqiz baravar ko‘proq bo‘ldi. Ya’ni, mijozlar deyarli 45 mln dollarga ariza berishgan.

Shu bilan birga, ba’zi qiyinchiliklar ham mavjud. Dunyodagi geosiyosiy vaziyat tufayli Rossiya bozori katta zarar ko‘rmoqda, Amerika bozorida ham o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Ularning kichik oqibatlari O‘zbekistonda ham kuzatilmoqda. Masalan, “ko‘k fishkalar” deb ataluvchi aksariyat kompaniyalarning aksiyalari O‘zbekiston fond birjasida ancha past narxda sotilmoqda.

Biz mahalliy bozorni rag‘batlantirish uchun qo‘limizdan kelganini qilmoqdamiz. Shu sababli joriy yilning may oyida biz investorlar orasida tanlov o‘tkazdik. Shu tariqa biz birjadagi faollikni rag‘batlantirishga harakat qilidik", — deydi Yevgeniy Mojeyko.

Jarayon qaysi bosqichda

IPO ikki bosqichda bo‘lib o‘tadi — 2022 yil oxirigacha Toshkent fond birjasida va 2023 yilda xalqaro birjada joylashtirish. Shartnoma imzolangach, “Freedom Broker” mutaxassislari “yo‘l xaritasini” ishlab chiqdi. Hozirda “UzAvto” kompaniyasini baholash ishlari olib borilmoqda. Keyinchalik bitta aksiyaning narxi aniqlanadi.


Bitimning o‘zi 2022 yil oxirigacha tugatilishi rejalashtirilgan. Yevgeniy Mojeyko ta’kidlaganidek, “yo‘l xaritasi” doirasida avgust oyining o‘rtalarida emissiya prospektini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etish, hujjat esa sentabr o‘rtalarigacha tayyorlanishi rejalashtirilgan. Va agar butun imzolash kampaniyasi ikki oy ichida amalga oshirilsa, demak, bitim dekabr oyida yopiladi. “Freedom Broker” buyurtmalar kitobini yaratadi, auksion o‘tkazadi va qancha aksiyalar sotilganini aniqlaydi.

Bundan tashqari, ko‘plab institutsional va individual investorlarni taklif qilish rejalashtirilgan.

2022 yil oxirigacha rejalar

Asosiy vektor va sa’y-harakatlarning katta qismi “UzAuto Motors” bilan ishni muvaffaqiyatli amalga oshirishga qaratilgan. Shu bilan birga, “Freedom Broker” mutaxassislari boshqa tenderlarda va bo‘lajak IPO`larda ishtirok etish uchun ariza berishda davom etmoqda.

Masalan, yaqinda OKMK aksiyalarini ommaviy joylashtirish bo‘yicha tender e’lon qilindi. U yerga Freedom Broker ham o‘z tijoriy taklifini yubordi va natijalar e’lon qilinishini kutmoqda.

“Moliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan “yo‘l xaritasi” doirasida yaqin vaqt ichida yana 15 ta eng yirik davlat kompaniyalari IPO uchun joylashtirilishi haqida e’lon qilinadi. Biz har bir joylashtirishda ishtirok etish niyatidamiz.

OKMKdan keyin davlat banklari, O‘zbekiston aviakompaniyalari, NKMK va boshqa kompaniyalarni ham IPO`ga chiqarishrejalashtirilgan", — dedi Yevgeniy Mojeyko.

Reklama huquqlari asosida.