“Sharoiti og‘ir” 47 ta tumandagi tadbirkorlar uchun soliq stavkalarini pasaytirish rejalashtirilmoqda
20 iyun 2023, 12:54

“Sharoiti og‘ir” 47 ta tumandagi tadbirkorlar uchun soliq stavkalarini pasaytirish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonning 11 ta viloyatidagi 47 ta “sharoiti og‘ir” bo‘lgan tumanda tadbirkorlar uchun mol-mulk va yer solig‘i stavkalarini pasaytirish rejalashtirilmoqda. Soliq imtiyozlarini nazarda tutuvchi qonun loyihasini deputatlar konseptual jihatdan qabul qildi.

Farg‘onada mushukni yoqib yuborganlar 990 ming so‘mdan jarimaga tortildi
20 iyun 2023, 12:17

Farg‘onada mushukni yoqib yuborganlar 990 ming so‘mdan jarimaga tortildi

Farg‘ona viloyatida mushukni yoqib yuborgan uch erkakning har biri BHMning 3 baravari miqdorida jarimaga tortildi. Holatda jinoyat ishlari bo‘yicha sud tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun asos bo‘lsada, unday bo‘lmadi. Hayvonlarni himoya qilish harakati prokuraturadan jazoni qayta ko‘rib chiqishni so‘radi.

“O‘rta Osiyo Trans” kompaniyasidagi davlat ulushi Hyper Partners`ga sotiladi
20 iyun 2023, 11:50

“O‘rta Osiyo Trans” kompaniyasidagi davlat ulushi Hyper Partners`ga sotiladi

Davlat aktivlari agentligi “O‘rta Osiyo Trans” korxonasidagi 51 foiz davlat ulushini Hyper Partners MCHJga 65 mlrd so‘mga sotish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Savdo doirasida Hyper Partners va uning tegishli shaxslaridan hech biri sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilmagani to‘g‘risida xulosa taqdim etilgan.

Prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish 28-iyundan boshlanadi
20 iyun 2023, 11:34

Prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish 28-iyundan boshlanadi

O‘zbekiston prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish 28-iyundan boshlanib 5-iyulda yakunlanadi. Muddatidan oldin ovoz berish vaqti ish kunlari soat 9:00 dan soat 18:00 ga qadar, dam olish va bayram kunlari soat 11:00 dan soat 17:00 ga qadar davom etadi.

OTMlarning bakalavriat bosqichiga onlayn ro‘yxatga olish boshlandi
20 iyun 2023, 11:33

OTMlarning bakalavriat bosqichiga onlayn ro‘yxatga olish boshlandi

20-iyundan abituriyentlarni bakalavriat bosqichiga my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatga olish boshlandi. Jarayon 20-iyulga qadar davom etadi.

Maktablarda maxsus ijtimoiy-emotsional o‘quv soatlari joriy etiladi
20 iyun 2023, 10:44

Maktablarda maxsus ijtimoiy-emotsional o‘quv soatlari joriy etiladi

O‘zbekistondagi maktablarda depressiya, xavotirli holatlar va suitsidlarning oldini olish maqsadida ijtimoiy-emotsional o‘quv soatlari yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, psixiatriya, tibbiy psixologiya va narkologiya klinik ordinatura va magistratura mutaxassisliklariga qabul faqat grant asosida amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda maktablarning birinchi sinfiga qabul boshlandi
20 iyun 2023, 10:41

O‘zbekistonda maktablarning birinchi sinfiga qabul boshlandi

20-iyun kuni maktablarda bolalarni birinchi sinfga qabul qilish jarayoni boshlandi. Yangi o‘quv yilida 730 mingdan ortiq birinchi sinf o‘quvchilari maktabga boradi.

Banklarda dollar kursi oshdi
20 iyun 2023, 10:23

Banklarda dollar kursi oshdi

Tijorat banklari 20-iyun kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 420−11 475 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 500−11 535 so‘m.

Narkologiya markazi Ruhiy salomatlik markaziga aylantiriladi
20 iyun 2023, 10:17

Narkologiya markazi Ruhiy salomatlik markaziga aylantiriladi

2019-yilda tashkil etilgan Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ruhiy salomatlik markaziga aylantiriladi. Shuningdek, poliklinikalarda tibbiy psixolog, suitsidolog kabi shtatlar joriy etiladi.

Toshkent viloyatida ekoinspektor ish vaqtida pichoqlandi
20 iyun 2023, 10:06

Toshkent viloyatida ekoinspektor ish vaqtida pichoqlandi

Bekobod shahri ekologiya bo‘limi boshlig‘i, inspektor xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida o‘zaro kelishmovchilik ortidan pichoqlandi. Inspektor jonlantirish bo‘limida qolmoqda. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan, holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentning 7 ta tumanidagi ayrim joylarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi
20 iyun 2023, 09:24

Toshkentning 7 ta tumanidagi ayrim joylarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

Seshanba kuni ta’mirlash ishlari sababli poytaxtning 7 ta tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.

MO davlatlarining yetakchi ayollari Ostonada innovatsiyalar va texnologiyalarni muhokama qildi
20 iyun 2023, 07:26

MO davlatlarining yetakchi ayollari Ostonada innovatsiyalar va texnologiyalarni muhokama qildi

Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqotining navbatdagi yig‘ilishida innovatsiyalar va texnologiyalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston delegatsiyasiga Senat raisi Tanzila Narbayeva boshchilik qildi.

19-iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
19 iyun 2023, 22:23

19-iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

28-iyun — Qurbon hayiti, bayram sabab 5 kun dam, seshanbadan jaziramaning pasayishi, viloyatlarda boshlangan kuchli shamol, norozilikka qaramay, munosabatlarni rivojlantiradigan O‘zbekiston va Eron, Rossiyadan yiliga 2,8 mlrd kub metr gaz yetkazib berilishi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

O‘zbekistonlik kurashchilar Osiyo chempionatida 24 ta medalni qo‘lga kiritdi
19 iyun 2023, 20:41

O‘zbekistonlik kurashchilar Osiyo chempionatida 24 ta medalni qo‘lga kiritdi

Bishkekda o‘tkazilgan sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 17 gacha va 23 gacha yosh toifalarida 24 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Yaqin o‘n yillikda shaxsiy avtomobillardan foydalanish kamayadi — McKinsey tadqiqoti
19 iyun 2023, 19:53

Yaqin o‘n yillikda shaxsiy avtomobillardan foydalanish kamayadi — McKinsey tadqiqoti

2035-yilga kelib butun dunyoda shaxsiy avtomobillardan foydalanish darajasi kamayadi va odamlar “samaraliroq, yashilroq va qulayroq” transportni tanlashadi, deya bashorat qilmoqda McKinsey konsalting kompaniyasi.

Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarida qariyb 40 ming xonadon elektr tarmog‘idan uzildi
19 iyun 2023, 19:01

Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarida qariyb 40 ming xonadon elektr tarmog‘idan uzildi

19-iyun kuni kuchli shamol tufayli Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarida qariyb 40 ming iste’molchi elektr tarmog‘idan uzildi.

Toshkentda yangi Chery Arrizo 6 Pro modelining taqdimoti bo‘lib o‘tdi
19 iyun 2023, 19:00

Toshkentda yangi Chery Arrizo 6 Pro modelining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Chery brendining O‘zbekistondagi rasmiy vakili Roodell yangi Chery Arrizo 6 Pro modelini taqdim etdi va narxlarini ma’lum qildi.

“Moviy gumbazlar” xiyobonidagi piyodalar yo‘lagini to‘sib qo‘ygan attraksionlar demontaj qilinadi
19 iyun 2023, 17:58

“Moviy gumbazlar” xiyobonidagi piyodalar yo‘lagini to‘sib qo‘ygan attraksionlar demontaj qilinadi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Moviy gumbazlar” xiyobonida yashil maydon bo‘ylab o‘tuvchi yo‘lakka attraksion o‘rnatilishiga qarshi chiqqan aholining videosi tarqaldi. Yakkasaroy tumani hokimi Anvar Sayfutdinov aholi bilan uchrashib, attraksionlar demontaj qilinishini ma’lum qildi.

Qoraqalpog‘istonlik qilichboz Zaynab Dayibekova Osiyo chempioni bo‘ldi
19 iyun 2023, 17:15

Qoraqalpog‘istonlik qilichboz Zaynab Dayibekova Osiyo chempioni bo‘ldi

Qilichbozlik bo‘yicha Osiyo chempionatida sablyachi Zaynab Dayibekova finalda uch karra jahon chempionati sovrindori bo‘lgan janubiy koreyalik sportchini yengib Osiyo chempionatida 1-o‘rinni egalladi.

“Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz”. Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturi
19 iyun 2023, 17:07

“Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz”. Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturi

O‘zLiDeP partiyasidan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturida ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar davom ettirilishi, sud mustaqilligini oshirish va milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda tashqi siyosat olib borish qayd etilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting