10−18 iyul kunlari Armaniston davlatida o‘tkazilgan 33-Xalqaro biologiya olimpiadasida Toshkent pediatri instituti akademik litseyi o‘quvchisi Aziza Abduvaliyeva bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur musobaqada dunyoning 64 davlatidan 256 nafar o‘quvchi qatnashgan.

Belgilangan tartibga ko‘ra, medal sohibi oliy ta’lim muassasasiga test sinovlarisiz, davlat granti asosida qabul qilinadi.

Shuningdek, bronza medali uchun o‘quvchi 60 mln so‘m, uning o‘qituvchisi esa 45 mln so‘m miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Norvegiyada bo‘lib o‘tgan 63-Xalqaro matematika olimpiadasida ham o‘zbekistonlik Lazizbek Rajabboyev bronza medalini qo‘lga kiritgandi.