21 noyabrdan beri xizmat ko‘rsatmayotgan metroning yer «Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishidagi 7-bekat 6 dekabrdan boshlab faoliyatini qayta tikladi. Bu haqda «Toshkent metropoliteni» matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bu vaqt ichida Toshkent shahri Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan «Qo‘yliq» dehqon bozori tomon qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichining metroning «Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishi 6 va 7-bekatlari oralig‘i yer ustki qismida qolip konstruksiyalarini demontaj va montaj ishlari amalga oshirilishi aytilgandi.