“O‘zgidromet” markazining xabar berishicha, 9−12 dekabr kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida anomal past havo harorati kuzatiladi.

Havo harorati kechalari —5…-10 daraja, kunduz kunlari 0…-5 daraja bo‘lishi kutilmoqda. Respublikaning shimolida va cho‘l hududlarida kechalari harorat —17…-22 darajagacha pasayishi mumkin.

9−10 dekabrda esa ba’zi joylarda havo harorati kechasi -24 daraja, kunduz kunlari —4…-9 darajada saqlanib turadi.

Ob-havoning doimiy yangilanib boradigan ma’lumotlari bilan O‘zgidromet saytida tanishish mumkin.