O‘zbekistonda koronavirusning kunlik ko‘rsatkichi ortib, Toshkent shahrining o‘zida kasallanganlar 100 nafardan oshdi. Bu haqda sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

6 dekabr kuni 157 kishida koronavirus aniqlandi (bir kun avval 120 kishi). Kasallikni eng ko‘p Toshkent shahrida yashovchilar yuqtirgan — 106 kishi. Toshkent viloyatida esa 20 kishi, Samarqand va Namanganda 7 nafar, Farg‘ona viloyatida7 nafar bemor bor.

Hozirda pandemiya boshlangandan beri jami kasallik yuqtirganlarning rasmiy statistikasi 247,3 ming nafarga yetdi.