Suratdagi betakror Maldiv orollari — go‘zalligi va nafisligi bilan o‘ziga maftun qiladi, va ko‘p odamlar u yerda dam olishni orzu qiladi. Lekin sayyohlarni orzudagi safarga yo‘l olishdan turli stereotiplar to‘xtatib turadi.

Asialuxe Travel kompaniyasi Maldiv haqidagi ko‘p tarqalgan stereotiplarni parchalab, nima uchun bir qarorga kelish va eng yaqin sanada orollarga tur xarid qilish kerakligini tushuntirib berdi.

1 stereotip: Maldivda dam olish qimmat

Aslini olganda, dam olish narxi qanday Maldivni ko‘rishni xohlashingizga bog‘liq. Milliy turoperator sayohatchilarga joylashuvning hamyonbop varianti — gestxauslarni taklif qiladi. Bu mahalliy orollarda joylashgan shinam butik-mehmonxonalardir. Gestxauslar ham o‘z mehmonlariga yaxshi servis va turli ovqatlanlarni taqdim etadi, oppoq qumli plyajlar va boshqa ko‘ngilochar mashg‘ulotlar ham kurortdagilaridan qolishmaydi. Bunday majmuaviy turistik to‘plamlar narxi katta yoshli bir kishi uchun 13,2 mln so‘mdan boshlanadi.


Agar siz tinch, maksimal darajada qulay bo‘lgan va All Inclusive tizimiga ega joyda dam olishni xohlasangiz, Asialuxe Travel sizga kurort-mehmonxonalarni tanlashni tavsiya qiladi. Narxlar bir kishi uchun 25 mln so‘mdan boshlanadi.

2 stereotip: Maldiv orollari juda uzoqda joylashgan

2022 yil 23 dekabrdan Asialuxe Travel milliy turoperatori va Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent — Male — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uzoq kutilgan charter reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda. Shu sababli Maldiv siz o‘ylaganingizdan ko‘ra ancha yaqinroq. Qulay va xavfsiz sharoitlarda bor-yo‘g‘i 5,5 soatda Maldiv orollariga yetib borish mumkin.


3 stereotip: Maldivda dam olish zerikarli

Maldiv orollarida barcha yoshdagilarga mos keladigan ko‘plab ko‘ngilochar mashg‘ulotlar bor. Hind okeanining boy suv osti dunyosiga sho‘ng‘ish, oroldagi turli joylarni o‘rganish, suv safarisi, baliq ovlash, oy nuri ostida tungi sayr, SPA-muolajalar — bularning barchasi har bir sayyoh uchun mavjud. Bolalar esa vaqtlarini bolalar klubida quvnoq o‘tkazishi yoki animatorlar bilan interaktiv mashg‘ulotlarda qatnashishlari mumkin.


4 stereotip: Maldiv — faqat yangi turmush qurganlar uchun

Albatta, orollarda muhabbat haqida filmlar olishadi, Instagram`da esa juftliklarning betakror rasmlari va rilslarini ko‘rish mumkin, lekin Maldivda turli tarzda dam olish imkoniyati mavjud. Yangi oilalar uchun — bu sokinlik va romantika. Farzandli juftliklar uchun esa — bu barcha xizmatlarga ega kurort demakdir. Quvnoq jamoalar uchun — bu ko‘plab sarguzashtlar va o‘yin-kulgi maskani hisoblanadi. Maldivning katta afzalligi shundaki, bu yerda har bir kishi o‘ziga ma’qul keladigan mashg‘ulotni topa oladi.


5 stereotip: Maldiv — xavfli joy

Maldivda hayot uchun xavfli bo‘lgan akulalar yashaydi, deb xato taxmin qilishadi. Aslini olganda, Maldivning suv osti dunyosi juda boy, qirg‘oqlarda esa insonlar uchun xavfsiz akulalar suzib yurishi mumkin. Rif-akula, nurse-akula va hatto bahaybat kit-akula ham odam uchun xavfsiz hisoblanadi. Ba’zi sayyohlar akulalar bilan suzish uchun maxsus ekskursiyalar ham xarid qilishadi.


Uzoq kutilgan ta’til uchun Maldiv orollarini tanlab, o‘nlab yaxshi va yomon jihatlarni uchratish mumkin. Lekin bir narsa aniq — Maldivni har bir kishi o‘z hayotida hech bo‘lmasa bir marta ko‘rishi kerak, deb hisoblaydi Asialuxe Travel.

Yo‘nalishlar, narxlar va parvoz shartlari haqidagi batafsil ma’lumotni kompaniya saytida va (+998) 71 201−77−77, (+998) 71−211−22−22 telefonlari orqali bilib olishingiz mumkin.

Turistik to‘plamlarni band qilishda maksimal qulaylik uchun Google Play va AppStore orqali Asialuxe Travel mobil ilovasini yuklab olsangiz bo‘ladi.

Maldivga turistik to‘plamlarni Asialuxe Travel kompaniyasining sotuv ofislarida va O‘zbekistonning barcha sayyohlik agentliklarida topishingiz mumkin.

Asialuxe Travel — sizning milliy turoperatoringiz.

Sayt: asialuxe.uz
Telegram-kanal: t.me/Asialuxe
Qaynoq turlar: t.me/asialuxehottours
Facebook: fb.com/asia.luxe.travel
Instagram @asialuxe.travel

Reklama huquqlari asosida.