Farg‘ona vodiysi viloyatlari — Andijon, Namangan va Farg‘onadagi gaz «zapravka»lar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi, deya xabar bermoqda «O‘ztransgaz» matbuot xizmati.

Ob-havo sovib ketishi tufayli aholi, ijtimoiy soha obyektlarining tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyoji ortgani bois Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari 7 dekabr kuni soat 11:00 dan vaqtincha ish faoliyatini to‘xtatdi.

AGTKSHlar faoliyati to‘xtatilmaydi. Reja-jadvaliga muvofiq vaqtincha cheklovlar joriy qilinadi. Vaziyat izga tushishi bilan avval e’lon qilingan reja-jadval asosida ta’minot yo‘lga qo‘yiladi.

«Vaziyat izga tushgach odatiy ish faoliyatiga qaytilishini ma’lum qilamiz. Keltirilgan vaqtincha noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda aholi xonadonlarini gaz bilan ta’minlash uchun «zapravka»lar yopilgandi.