NATO mamlakatlari Ukrainaning alyansga kirish bo‘yicha arizasini tezlashtirilgan tartibda ko‘rib chiqishga kelishdi
10 iyul 2023, 16:51

NATO mamlakatlari Ukrainaning alyansga kirish bo‘yicha arizasini tezlashtirilgan tartibda ko‘rib chiqishga kelishdi

NATO davlatlari Ukrainaning harbiy blokka a’zo bo‘lish bo‘yicha arizasini tezlashtirilgan tartibda ko‘rib chiqishga kelishdi. “Bu bizning NATO`ga yo‘limizni qisqartiradi”, — dedi Ukraina Tashqi ishlar vaziri.

Toshkentning 4 ta tumanidagi ayrim ko‘chalarda 11-iyul kuni elektr vaqtincha o‘chiriladi
10 iyul 2023, 16:19

Toshkentning 4 ta tumanidagi ayrim ko‘chalarda 11-iyul kuni elektr vaqtincha o‘chiriladi

Ta’mirlash ishlari tufayli 11-iyul kuni poytaxtning Yangihayot, Yashnobod, Yunusobod va Yakkasaroy tumanlaridagi ba’zi ko‘chalarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Alisher Usmonov dividendlardan daromad bo‘yicha Rossiyada 7-o‘rinni egalladi
10 iyul 2023, 15:43

Alisher Usmonov dividendlardan daromad bo‘yicha Rossiyada 7-o‘rinni egalladi

Alisher Usmonov dividendlardan eng ko‘p daromad olgan rossiyaliklar reytingida 7-o‘rinni egalladi. Ro‘yxatda milliarder “Metalloinvest”dan 64,7 mlrd rubl dividend olgani ko‘rsatilgan.

MDH missiyasi: “O‘zbekistonda saylov shaffof, ochiq va adolatli o‘tdi”
10 iyul 2023, 15:21

MDH missiyasi: “O‘zbekistonda saylov shaffof, ochiq va adolatli o‘tdi”

O‘zbekistonda o‘tgan muddatidan ilgari prezidentlik saylovi bo‘yicha MDH kuzatuvchilari o‘z missiyasini yakunladi. Missiya “saylov muqobillik asosida, shaffof, ochiq, adolatli va demokratik tamoyillarga mos ravishda o‘tganini” qayd etdi.

Aleksandr Krestinin “Bunyodkor”ga bosh murabbiy bo‘ldi
10 iyul 2023, 15:01

Aleksandr Krestinin “Bunyodkor”ga bosh murabbiy bo‘ldi

Rossiyalik mutaxassis Aleksandr Krestinin poytaxtning “Bunyodkor” futbol klubi bosh murabbiyiga aylandi. Bungacha u Qirg‘iziston futbol terma jamoasi bosh murabbiyi edi.

Toshkent hayvonot bog‘ida flamingo bolaladi — foto
10 iyul 2023, 15:00

Toshkent hayvonot bog‘ida flamingo bolaladi — foto

Toshkent hayvonot bog‘ida 3 ta pushti flamingo jo‘jalari dunyoga keldi. Hozirda ularning patlari rangi kulrang, pushtilari bir necha oyda chiqadi. Shu paytga qadar flamingolarning ko‘payishiga maydonning kichikligi va tashrif buyuruvchilarning juda yaqin kelishi imkon bermagan.

OTB O‘zbekiston elektr uzatish tarmog‘ini takomillashtirish uchun 125 mln dollar qarz ajratadi
10 iyul 2023, 12:36

OTB O‘zbekiston elektr uzatish tarmog‘ini takomillashtirish uchun 125 mln dollar qarz ajratadi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 125 mln dollar miqdorida qarz ajratishni ma’qulladi. Mablag‘ mamlakatning elektr uzatish tarmog‘ini takomillashtirish, xususan, 7 ta viloyatda 359 kilometr uzunlikdagi 12 ta elektr uzatish liniyasini rekonstruksiya qilishga yo‘naltiriladi.

Shavkat Mirziyoyev tabriklarni qabul qilishni boshladi
10 iyul 2023, 11:58

Shavkat Mirziyoyev tabriklarni qabul qilishni boshladi

Shavkat Mirziyoyevning prezident saylovidagi g‘alabasi e’lon qilingach, u qo‘shni hamda hamkor davlatlar rahbarlaridan tabriklarni qabul qila boshladi. Birinchilardan bo‘lib Turkmaniston milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov tabrikladi. Qutlovlar kelishda davom etmoqda.

Saylovda sudlarga hech qanday murojaatlar kelib tushmadi — Oliy sud
10 iyul 2023, 11:36

Saylovda sudlarga hech qanday murojaatlar kelib tushmadi — Oliy sud

Oliy sud raisi o‘rinbosari prezidentlik saylovi vaqtida sudlarga hech qanday murojaatlar kelib tushmaganini ma’lum qildi. U bunga aholining huquqiy ongi oshgani va OAV vakillari bilan tegishli muloqot o‘rnatilganini sabab sifatida ko‘rsatdi.

O‘zbekistonda hafta davomida issiq kuchayadi
10 iyul 2023, 11:21

O‘zbekistonda hafta davomida issiq kuchayadi

O‘zbekistonga bu hafta Erondan issiq havo kirib kelishi hisobiga issiq kuchayadi. Kunduzi harorat +43…+45 darajagacha ko‘tariladi. Joylarda shamol kuchayib, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. 14-iyulda esa +33…+38 darajagacha pasayadi.

Shavkat Mirziyoyev saylovda 87,05 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi
10 iyul 2023, 11:16

Shavkat Mirziyoyev saylovda 87,05 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi

Shavkat Mirziyoyev uchinchi prezidentlik saylovida 87,05 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi, deb xabar qildi MSK. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, saylovchilarning 79,88 foizi jarayonda ishtirok etgan.

Baydarka va kanoeda eshkak eshuvchilar o‘rtasidagi JCHda o‘zbekistonlik yoshlar 6 ta medal oldi
10 iyul 2023, 10:57

Baydarka va kanoeda eshkak eshuvchilar o‘rtasidagi JCHda o‘zbekistonlik yoshlar 6 ta medal oldi

O‘zbekiston Italiyada o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionatini 16-pog‘onada yakunladi. Jamoa 4 ta kumush va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Toshkentda Mercedes-Benz avtobusida yong‘in sodir bo‘ldi
10 iyul 2023, 10:40

Toshkentda Mercedes-Benz avtobusida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkent shahrida 147-yo‘nalishda harakatlanayotgan Mercedes-Benz rusumli avtobusning motor qismida yong‘in sodir bo‘ldi, hech kim jabrlanmadi.

YTTBning O‘zbekistondagi vakolatxonasiga yangi rahbar tayinlandi
10 iyul 2023, 09:54

YTTBning O‘zbekistondagi vakolatxonasiga yangi rahbar tayinlandi

Andi Aranitasi 1-sentabrdan boshlab YTTBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori va rahbari bo‘ladi. YTTB mamlakat bilan hamkorlikni tiklagan 2017-yildan beri bank vakolatxonasini Alkis Drakinos boshqarib kelayotgandi.

Toshkentda chuqur o‘pirilishi oqibatida tuproq ostida qolgan fuqaro qutqarildi
10 iyul 2023, 09:46

Toshkentda chuqur o‘pirilishi oqibatida tuproq ostida qolgan fuqaro qutqarildi

Mirzo Ulug‘bek tumanida kanalizatsiya chuqurining o‘pirilishi oqibatida bir kishi tuproq ostida qolib ketdi. Fuqaro shahar FVB xodimlari tomonidan qutqarildi. Uning ahvoli yaxshiligi aytilmoqda.

Banklarda dollar kursi o‘sishda davom etmoqda
10 iyul 2023, 09:45

Banklarda dollar kursi o‘sishda davom etmoqda

Tijorat banklari 10-iyul kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 500−11 570 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 610−11 630 so‘m.

“Bizda qat’iy metodologiya mavjud”. YeXHT DIIHB missiyasi rahbari — O‘zbekistondagi saylovlarni kuzatishi haqida
9 iyul 2023, 22:29

“Bizda qat’iy metodologiya mavjud”. YeXHT DIIHB missiyasi rahbari — O‘zbekistondagi saylovlarni kuzatishi haqida

Prezident saylovini YeXHT DIIHB missiyasining 280 dan ortiq mutaxassislari butun O‘zbekiston bo‘ylab kuzatib bormoqda. Ular qat’iy metodologiyani qo‘llagan holda 80 ta savoldan iborat shaklni to‘ldiryapti, elektron ruchkalar esa ma’lumotlarni onlayn rejimda uzatib turibdi, dedi missiya rahbari Ursula Gatsek.

Prezidentlik saylovidagi davomat 70 foizga yaqinlashdi — MSK
9 iyul 2023, 18:49 1

Prezidentlik saylovidagi davomat 70 foizga yaqinlashdi — MSK

Soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti saylovi bo‘yicha ro‘yxatga olingan saylovchilarning 69,85 foizi ovoz berdi, deb xabar qildi MSK.

FVV va Mudofaa vazirliklari Toshkent viloyati tog‘laridagi yong‘inning oldini oldi (video)
9 iyul 2023, 17:51

FVV va Mudofaa vazirliklari Toshkent viloyati tog‘laridagi yong‘inning oldini oldi (video)

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar va Mudofaa vazirliklari Toshkent viloyatidagi Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi hududida yuz berishi mumkin bo‘lgan yirik yong‘inning oldini oldi.

Prezident saylovida ishtirok etganlar soni 60 foizdan oshdi — MSK
9 iyul 2023, 16:39

Prezident saylovida ishtirok etganlar soni 60 foizdan oshdi — MSK

Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekistonda muddatidan oldin bo‘lib o‘tayotgan prezidentlik saylovida soat 15:00 holatiga saylovchilarning 60,74 foizi ovoz berganini ma’lum qildi (11 mln 705 ming kishi).


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting