O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezidentlik saylovida soat 17:00 holatiga ko‘ra saylovchilarning 69,85 foizi ishtirok etdi, ro‘yxatga olingan 19,27 million saylovchidan 13,459 millioni ovoz berdi, deb xabar qildi Markaziy saylov komissiyasi.

Jizzax viloyati yana 75,5 foiz ovoz bilan yetakchi bo‘ldi, Andijon viloyati ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi — 74,83 foiz.

Ovoz berganlarning eng kam foizi hamon Toshkent shahrida — 63,35 foiz. Poytaxtdagidan biroz ko‘proq natija Xorazm viloyatida — 64,16%.

muddatidan ilgari saylov