Rossiya benzin eksportiga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi
18 noyabr 2023, 10:15

Rossiya benzin eksportiga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi

Rossiya hukumati avtomobil benzinini Rossiyadan olib chiqishga qo‘yilgan vaqtinchalik taqiqni bekor qildi. Taqiq ichki bozordagi narxlarni barqarorlashtirish maqsadida 21-sentabrda joriy qilingandi.

JSST: emlash kamaygani uchun dunyo bo‘ylab qizamiq va undan o‘lim darajasi ortmoqda
18 noyabr 2023, 10:02

JSST: emlash kamaygani uchun dunyo bo‘ylab qizamiq va undan o‘lim darajasi ortmoqda

2022-yilda qizamiq bilan kasallanish 2021-yilga nisbatan 18 foizga, o‘lim darajasi 40 foizdan ko‘proqqa oshgan. Bu emlash qamrovining pasayishi bilan bog‘liq, deyiladi JSST hisobotida.

Nima tayyorlaymiz: Limonli pishiriqlar
18 noyabr 2023, 10:00

Nima tayyorlaymiz: Limonli pishiriqlar

Limonli muss-chizkeyk, keks, glazurli yoki malina qo‘shilgan limonli pechenye, tvorojnik yoki pirog — Zira.uz limon solib tayyorlangan pishiriqlar retseptini taqdim etadi.

“Askarga yuragini topshirayotgan bola”: Inkuzart Falastin-Isroil urushiga atab rasm chizdi
18 noyabr 2023, 09:32

“Askarga yuragini topshirayotgan bola”: Inkuzart Falastin-Isroil urushiga atab rasm chizdi

Toshkentda ko‘cha rassomi Inkuzart Falastin-Isroil urushiga bag‘ishlangan rasm chizdi. Unda qo‘liga qurol olgan Isroil harbiy xizmatchisi va yuragini unga taqdim etayotgan bolakay aks etgan.

1-dekabrdan Toshkentdagi budjet tashkilotlari va yuridik shaxslar uchun issiqlik ta’minoti tariflari oshadi
18 noyabr 2023, 09:10

1-dekabrdan Toshkentdagi budjet tashkilotlari va yuridik shaxslar uchun issiqlik ta’minoti tariflari oshadi

Veolia Energy Tashkent 1-dekabrdan poytaxtdagi budjet tashkilotlari va yuridik shaxslar uchun issiqlik ta’minotining yangi tariflari kuchga kirishini ma’lum qildi.

Kattaqo‘rg‘onda O‘zbekiston qurolli kuchlari vertolyoti halokatga uchradi. Butun ekipaj halok bo‘ldi
17 noyabr 2023, 22:31

Kattaqo‘rg‘onda O‘zbekiston qurolli kuchlari vertolyoti halokatga uchradi. Butun ekipaj halok bo‘ldi

Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligiga qarashli Mi-8 vertolyoti Kattaqo‘rg‘on poligonida o‘quv-mashg‘ulot parvozini amalga oshirayotgan vaqtida halokatga uchradi. Butun ekipaj halok bo‘ldi.

O‘zbekiston TIV rahbari strategik muloqotda ishtirok etish uchun Xitoyga tashrif buyuradi
17 noyabr 2023, 20:37

O‘zbekiston TIV rahbari strategik muloqotda ishtirok etish uchun Xitoyga tashrif buyuradi

O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov 19−22-noyabr kunlari Xitoyda tashqi ishlar vazirlarining birinchi Xitoy-O‘zbekiston strategik muloqotida ishtirok etadi.

Chilonzordagi bir qancha uy va do‘konlar “renovatsiya”ga tushishi mumkin
17 noyabr 2023, 20:27

Chilonzordagi bir qancha uy va do‘konlar “renovatsiya”ga tushishi mumkin

Hukumat qarori bilan Toshkentning Chilonzor tumanida RSHTYOIM qarshisidagi uy va do‘konlarda “renovatsiya” o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bunda bir qavatli uylar o‘rniga ko‘p qavatlilari quriladi. Qatortol ko‘chasini turizm ko‘chasiga aylantirish, yerto‘lalarni ta’mirlashga kredit ajratish ham taklif etilmoqda.

Srechko Katanets — Turkmaniston ustidan qozonilgan g‘alaba, “dahshatli” maydon va Eronga qarshi bo‘lajak o‘yin haqida
17 noyabr 2023, 19:20

Srechko Katanets — Turkmaniston ustidan qozonilgan g‘alaba, “dahshatli” maydon va Eronga qarshi bo‘lajak o‘yin haqida

O‘zbekiston bosh murabbiyi Srechko Katanets futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionati saralash bosqichining ilk uchrashuvida Turkmanistonni mag‘lub etganidan so‘ng jamoasi g‘alabaga haqli ekanini aytdi. Murabbiy va futbolchi Otabek Shukurov Ashxoboddagi “o‘ynab bo‘lmaydigan” sun’iy maydondan shikoyat qildi.

Oson yetti yoshini nishonladi
17 noyabr 2023, 19:00

Oson yetti yoshini nishonladi

Yetti yilik faoliyati davomida Oson ikki mln dan ortiq sodiq foydalanuvchilarga erishdi. Hozirda kompaniya xorijiy investorlar bilan muzokaralar bosqichida.

“Afg‘onistondan O‘zbekistonga metamfetamin oqimi ko‘payishi mumkin” — CADAP dasturi rahbari
17 noyabr 2023, 18:19

“Afg‘onistondan O‘zbekistonga metamfetamin oqimi ko‘payishi mumkin” — CADAP dasturi rahbari

Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish sezilarli darajada kamaygan bo‘lsa-da, u yerda opioidlar o‘rnini bosuvchi metamfetamin ham yetishtiriladi. Shu munosabat bilan O‘zbekistonga metamfetamin yetkazib berish ko‘payishi mumkin, deya ogohlantirdi Markaziy Osiyoda narkotik moddalar tarqalishining oldini olish dasturi.

“Sog‘liqni saqlash bo‘yicha yagona axborot tizimi kerak” — YUNISEFning O‘zbekistondagi sobiq rahbari
17 noyabr 2023, 18:07

“Sog‘liqni saqlash bo‘yicha yagona axborot tizimi kerak” — YUNISEFning O‘zbekistondagi sobiq rahbari

YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi sobiq rahbari Munir Mamedzade “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida ijtimoiy sektor ehtimoliy favqulodda chaqiriqlarga hozircha tayyor emasligi va nima uchun mamlakatga sog‘liqni saqlashning barcha masalalarini qamrab oluvchi yagona axborot tizimi kerakligini tushuntirdi.

Yevropa Ittifoqi ekologik jinoyatlar uchun jazoni kuchaytiradi
17 noyabr 2023, 17:33

Yevropa Ittifoqi ekologik jinoyatlar uchun jazoni kuchaytiradi

Yevroparlament va Yevropa Ittifoqi davlatlari atrof-muhitga qarshi jinoyatlar ro‘yxatini kengaytirdi va ularga nisbatan jazo choralarini kuchaytirdi. Odamlar o‘limiga olib keladigan ekologik jinoyat uchun aybdorlar 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilinadi.

AQSh universitetlarida o‘qiyotgan o‘zbekistonliklar soni o‘tgan o‘quv yilida 72,6 foizga oshdi
17 noyabr 2023, 17:27

AQSh universitetlarida o‘qiyotgan o‘zbekistonliklar soni o‘tgan o‘quv yilida 72,6 foizga oshdi

Xalqaro ta’lim instituti ma’lumotlariga ko‘ra, 2022−2023 o‘quv yilida AQSh universitetlarida o‘zbekistonlik 1000 dan ortiq talaba tahsil olgan. Bu oldingi yilga nisbatan 72,6 foizga ko‘p.

2024-yildan Sariosiyo aeroportiga qatnovlar tiklanadi — prezident
17 noyabr 2023, 17:11

2024-yildan Sariosiyo aeroportiga qatnovlar tiklanadi — prezident

2024-yildan Surxondaryoning Sariosiyo tumanidagi aeroportga yo‘lovchi samolyotlari qatnay boshlaydi, Sariosiyo va Toshkent o‘rtasida poyezd qatnovi amalga oshiriladi, dedi Shavkat Mirziyoyev. Shuningdek, u Boysunda ochiq osmon muzeyini tashkil etish rejasini ham ma’lum qildi.

1-dekabrdan ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalar miqdori 7 foizga oshadi
17 noyabr 2023, 17:04

1-dekabrdan ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalar miqdori 7 foizga oshadi

Prezident farmoni bilan 1-dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdori 7 foizga oshiriladi. Shuningdek, bazaviy hisoblash miqdori (BHM) 340 ming so‘m etib belgilanmoqda.

Surxondaryodagi 5 ta kon zaxiralari o‘zlashtiriladi
17 noyabr 2023, 16:54

Surxondaryodagi 5 ta kon zaxiralari o‘zlashtiriladi

Prezident Surxondaryoga tashrifi chog‘ida Boysun, Sariosiyo va Sherobod tumanlaridagi konlarda qo‘rg‘oshin, rux, oltin, ko‘mir va kaliy o‘g‘iti zaxiralarini o‘zlashtirish bo‘yicha topshiriq berdi. Shuningdek, tog‘li hududlarda geologiya-qidiruv ishlari kengaytiriladi.

Toshkenting to‘rtta tumanida issiq suv va isitish tizimi vaqtincha o‘chiriladi
17 noyabr 2023, 16:20

Toshkenting to‘rtta tumanida issiq suv va isitish tizimi vaqtincha o‘chiriladi

18-noyabr kuni Yunusobod, Olmazor, Shayxontohur va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv va issiqlik ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.

Amir Temur xiyoboni atrofidagi trotuarlar bruschatkalari yangilanmoqda — poytaxt hokimligi
17 noyabr 2023, 16:19

Amir Temur xiyoboni atrofidagi trotuarlar bruschatkalari yangilanmoqda — poytaxt hokimligi

Toshkent shahri hokimligi Amir Temur xiyoboni atrofidagi ta’mirlash ishlari yuzasidan ma’lumot berdi. U yerda piyodalar yo‘laklariga yotqizilgan bruschatkalar va yo‘lning asfalt qoplamasi yangilanmoqda. Hokimlik hudud ko‘rinishi keskin o‘zgarib ketmasligiga ishontirdi.

Surxondaryo yoshlarini sportga jalb qilishga 30 mlrd so‘m ajratiladi
17 noyabr 2023, 15:40

Surxondaryo yoshlarini sportga jalb qilishga 30 mlrd so‘m ajratiladi

Prezident Termizdagi Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasiga bordi. U Surxondaryo yoshlarining sportga qobiliyati zo‘rligi, ammo ular shug‘ullanayotgan sport turlari cheklanganini aytib, bu sohaga 30 mlrd so‘m ajratilishini bildirdi. Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga esa 50 mln dollar yo‘naltiriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting