5−9-iyul kunlari Italiyaning Auronso shahrida yoshlar o‘rtasida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati bo‘ldi. 18 va 23 yoshdagi atletlar ishtirokidagi musobaqada o‘zbekistonliklar 6 ta medalga ega chiqdi.

23 yoshgacha bo‘lgan kanoechilar o‘rtasida 1000 metrga kechgan bahslarda Vladlen Denisov kumush medalni oldi. Ayni shu turdagi qayiqda 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar bellashuvida Shohsanam Sherzodova bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

U-23 / S1, 1000 metr:

  1. Gabriyele Kasadei (Italiya)
  2. Vladlen Denisov (O‘zbekiston)
  3. David Baushke (Germaniya)

U-18 / S1, 1000 metr:

  1. Mariya Brovkova (Qozog‘iston)
  2. Reka Sarkani (Vengriya)
  3. Shohsanam Sherzodova (O‘zbekiston)

Shuningdek, Vladlen Denisov Xonzoda Erkinova bilan 500 metrga kechgan kanoechilar o‘rtasidagi aralash dasturida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shundan so‘ng Vladlen 5000 metrga kechgan poygada ham marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi.

23 yoshgacha bo‘lgan baydarkachi qizlar bahsida Arina Tanatmisheva 1000 metrga kechgan dasturda kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Kanoechilarning 500 metr masofaga o‘tkazilgan aralash juftlikdagi startida Rustamjon Xolmamatov va Shohsanam Sherzodova juftligi bronza medali sohibiga aylandi.

U-23 / K-1, 1000 metr:

  1. Zoka Shikos (Vengriya)
  2. Arina Tanatmisheva (O‘zbekiston)
  3. Barbara Galadova (Chexiya)

U-18 / S-2 aralash, 500 metr:

  1. Kristian Szarka / Shepke Molnar (Vengriya)
  2. Yaroslav Verbliud / Irina Fedirov (Ukraina)
  3. Rustamjon Xolmamadov / Shohsanam Sherzodova (O‘zbekiston)

baydarka, каноэ