1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Toshkentdan Qarshi va Samarqand shaharlariga elektropoyezdlarning qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
29-sentabr kuni 780/779-sonli Toshkent — Qarshi — Toshkent yo‘nalishida Afrosiyob elektropoyezdining qo‘shimcha 1 ta reys harakati yo‘lga qo‘yildi:
- Toshkentdan yo‘lga chiqish 07:00 da, Qarshiga yetib borish 10:21 da.
- Qarshidan yo‘lga chiqish 15:25 da, Toshkentga yetib borish 18:50 da.
30-sentabrdan va 1−2-oktabrgacha 767/768-sonli Samarqand — Toshkent — Samarqand yo‘nalishida ham Afrosiyob elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yildi:
- Samarqanddan yo‘lga chiqish 11:09 da Toshkentga yetib borish 13:18 da
- Toshkentdan yo‘lga chiqish 13:41 — Samarqandga yetib borish 15:48 da.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin. Chiptalarni elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilish mumkin, deyiladi xabarda.