Toshkentdagi bojxona omborida sodir bo‘lgan portlashda shikastlangan barcha BYD avtomobillari utilizatsiya qilishga yuboriladi, bu xavfsizlik va atrof-muhitni saqlash nuqtai nazaridan muhim, dedi xabar berdi Xitoy ishlab chiqaruvchi kompaniyasi vakilligi.

Avtomobillar “portlash to‘lqini va shisha parchalaridan yuzaki zarar ko‘rgan”, deya tasdiqladi kompaniya.

“Avtomobillarni yetkazib berish bo‘yicha barcha majburiyatlar shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda bajariladi”, — deyiladi xabarda.

byd, сергелидаги portlash

Kompaniya surishtiruv davom etar ekan, hodisaga elektr transport vositalarining aloqadorligi haqida ma’lumot tarqatmaslikka chaqirdi va barcha jabrlanganlar hamda ularning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.

Avvalroq “Gazeta.uz” portlash Inter logistics qo‘shma korxonasiga qarashli Xalqaro logistika markazining (United Cargo Center) ochiq maydonida sodir bo‘lgani haqida yozgandi.

Mashinalarning bir qismi zarb oqibatida yonib ketgan bo‘lsa, ba’zilarining oynalari singan, kuzov qismlari shikastlangan.