UzPost (“O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati) respublikaning barcha hududlariga 24 soat ichida yetkazmalarni eltib berish bo‘yicha “Bir qadam” xizmatini ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati tayanib Spot xabar berdi.

Jo‘natmalar Toshkentdan 24 soat ichida barcha viloyat markazlariga, shuningdek, qarama-qarshi yo‘nalishda yuboriladi. Xizmat narxi 1 kg uchun 15 ming so‘mdan boshlanadi.

Har bir qo‘shimcha kilogramm uchun 3 ming so‘mdan, Termiz, Nukus va Urganch shaharlari uchun esa 7 ming so‘mdan to‘lanadi (bu yetkazmalar havo orqali yetkazib berilishi bilan bog‘liq). Jo‘natilayotgan buyumlarning og‘irligi 20 kg dan oshmasligi lozim.

Xizmatdan foydalanish uchun jo‘natmani UzPost pochta operatori bo‘limida qoldirish kerak. To‘lovdan so‘ng veb-saytda yetkazmani kuzatish uchun kod taqdim etiladi. Bir kun ichida mijozga yetkazib berish haqida xabar yuboriladi va jo‘natmani olib ketishi mumkin bo‘ladi.