31-oktabr kuni Sirdaryo viloyatining Xalq deputatlari Mirzaobod tumani kengashida Sarvar Sultonov tumanga yangi rahbar etib tayinlandi. Uning nomzodini viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev tavsiya qildi, deb xabar bermoqda hokimlik matbuot xizmati.

Sarvar Sultonov shu kungacha Shirin shahar hokimi lavozimida ishlab kelayotgandi.

U 1989-yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 2011-yil Guliston davlat universitetining bakalavr, 2013-yil Toshkent axborot texnologiyalari universiyetining magistratura bosqichini tamomlagan.

Hozircha Shirin tumaniga yangi rahbar tayinlangani yo‘q.