Epitsentri Xitoyda bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi
22 yanvar 2024, 23:44

Epitsentri Xitoyda bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi

Toshkent shahri va O‘zbekistonning boshqa hududlarida 3−4 balli zilzila sezildi. Uning epitsentri Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyatida, Qirg‘iziston bilan chegarada joylashgan. Zilzila epitsentrda 7 ballni tashkil qilgan.

Ombudsman rossiyalik hamkasbiga migrantlarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari yuzasidan murojaat yubordi
22 yanvar 2024, 23:22

Ombudsman rossiyalik hamkasbiga migrantlarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari yuzasidan murojaat yubordi

O‘zbekiston ombudsmani Yekaterinburgda o‘rdaksimon yurishga majburlangan mehnat migrantlarining kamsitilgani yuzasidan Rossiya ombudsmaniga murojaat qildi. Ulardan qanchasi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan. Qirg‘iziston TIV esa “Rossiya federal organlari darajasida” ish qo‘zg‘atgan.

FT: YI G‘azo bo‘yicha tinchlik rejasiga ko‘nmagani uchun Isroilga qarshi “oqibatlar”ni ko‘rib chiqmoqchi
22 yanvar 2024, 21:58

FT: YI G‘azo bo‘yicha tinchlik rejasiga ko‘nmagani uchun Isroilga qarshi “oqibatlar"ni ko‘rib chiqmoqchi

Yevropa Ittifoqi Isroil G‘azo bo‘yicha Bryussel taklif qilgan tinchlik rejasidan bosh tortishda davom etsa, buning oqibatlarini aniqlashtirib olmoqchi. Reja mustaqil Falastin davlatini tuzishni nazarda tutadi.

Aktyor Turg‘un Azizov 90 yoshida vafot etdi
22 yanvar 2024, 21:33

Aktyor Turg‘un Azizov 90 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti, aktyor va rejissyor Turg‘un Azizov 90 yoshida vafot etdi. U faoliyati davomida “Maftuningman”, “Odamlar orasida yolg‘iz”, “Olovli yo‘llar” kabi ko‘plab film va spektakllarda rol ijro etgan. Bir qancha unvon va ordenlar sohibiga aylangan.

“Biz ham boshqa jamoalar uchun qiyin raqibmiz”. Srechko Katanets — Osiyo Kubogidagi Avstraliyaga qarshi o‘yin haqida
22 yanvar 2024, 19:58

“Biz ham boshqa jamoalar uchun qiyin raqibmiz”. Srechko Katanets — Osiyo Kubogidagi Avstraliyaga qarshi o‘yin haqida

O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi Srechko Katanets jamoa Avstraliyaga mag‘lub bo‘lsa ham, 90 foiz holatda turnirning 1/8 final bosqichiga chiqishini, ammo maqsad baribir g‘alaba qozonish ekanini aytdi. “Avstraliyaga qarshi yomon statistikaga chek qo‘yish niyatidamiz”, — deydi futbolchi Odiljon Hamrobekov.

Farg‘ona shahridagi neft bazada yong‘in chiqdi
22 yanvar 2024, 18:19

Farg‘ona shahridagi neft bazada yong‘in chiqdi

Farg‘ona shahridagi “NEFT OIL” MCHJda yong‘in chiqib, uni o‘chirishga 12 ta qutqaruv ekipaji jalb qilindi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar va jarohat olganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

Toshkentning 3 ta tumanidagi 160 ta korxona chang-gaz tozalash uskunalarini o‘rnatish bo‘yicha ogohlantirildi
22 yanvar 2024, 18:02

Toshkentning 3 ta tumanidagi 160 ta korxona chang-gaz tozalash uskunalarini o‘rnatish bo‘yicha ogohlantirildi

Ekologiya vazirligi poytaxtning Chilonzor, Sergeli va Yangihayot tumanlaridagi jami 160 ta korxonaga chang-gaz tozalash uskunalarini o‘rnatish to‘g‘risida ogohlantirish xatlari berdi.

“O‘zbekiston va Xitoy hamkorligi xalqaro maydondagi do‘stlikning yorqin namunasidir” — Shavkat Mirziyoyev
22 yanvar 2024, 17:25

“O‘zbekiston va Xitoy hamkorligi xalqaro maydondagi do‘stlikning yorqin namunasidir” — Shavkat Mirziyoyev

Xitoyning “Jenmin jibao” gazetasida Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston va Xitoy munosabatlariga bag‘ishlangan maqolasi e’lon qilindi. U yangi yilda ilk tashrifini Xitoyga amalga oshirayotgani chuqur ramziy ma’noga egaligi va munosabatlar “o‘z tarixidagi eng yaxshi davrni” boshdan kechirayotganini qayd etdi.

O‘zbekiston 2023-yilda nimalar bilan savdo qildi?
22 yanvar 2024, 17:18

O‘zbekiston 2023-yilda nimalar bilan savdo qildi?

O‘zbekistonning tovar aylanmasi 2023-yilda 23,8 foizga oshib, 62,6 mlrd dollarni tashkil etdi. Savdo taqchilligi rekord daraja — 13,7 mlrd dollarga yetdi. Eksportning uchdan bir qismini rekord darajada sotilgan oltin tashkil etdi. Oziq-ovqat, neft va gaz importi keskin oshdi.

O‘zbekistonning yangi elchisi Eron prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
22 yanvar 2024, 16:34

O‘zbekistonning yangi elchisi Eron prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

2023-yilning dekabr oyida O‘zbekistonning Erondagi elchisi etib tayinlangan Fariddin Nasriyev mamlakat prezidenti Ibrohim Raisiyga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Rossiyalik prodyuser Tina Kandelakiga Qozog‘istonga kirish taqiqlanadi
22 yanvar 2024, 15:36

Rossiyalik prodyuser Tina Kandelakiga Qozog‘istonga kirish taqiqlanadi

Rossiyalik prodyuser, “Gazprom-media” bosh direktori o‘rinbosari Tina Kandelakiga Qozog‘istonga kirish taqiqlanmoqda. Bunga uning Qozog‘istondagi temiryo‘l vokzallari nomi o‘zgartirilishini rus tilini davlat darajasida siqib chiqarish deb baholagani va “manqurtlik” haqidagi posti sabab bo‘ldi.

O‘zbekiston 2023-yilda Xitoyga 563,53 mln dollarlik tabiiy gaz eksport qildi
22 yanvar 2024, 15:22

O‘zbekiston 2023-yilda Xitoyga 563,53 mln dollarlik tabiiy gaz eksport qildi

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistondan Xitoyga 563,53 mln dollarlik tabiiy gaz eksport qilindi. Bu — 2022-yilgi ko‘rsatkich (1,07 mlrd dollar)dan salkam ikki baravar kam.

Toshkentda avtobuslar harakatini nazorat qiluvchilarga maxsus mashinalar topshirildi
22 yanvar 2024, 14:41

Toshkentda avtobuslar harakatini nazorat qiluvchilarga maxsus mashinalar topshirildi

Toshkentda jamoat avtobuslarining harakat xavfsizligini nazorat qiluvchi xodimlarga maxsus xizmat mashinalari biriktirildi. Ular avtobus haydovchilarining tartibli ishlashini va mashinalarning avtobus yo‘laklariga chiqib ketmasligini nazorat qiladi hamda harakatga to‘sqinlik qiluvchi omillarni aniqlaydi.

Afg‘onistonda qulagan Falcon samolyoti halokatidan 4 kishi omon qoldi, 2 kishi qidirilmoqda
22 yanvar 2024, 12:59

Afg‘onistonda qulagan Falcon samolyoti halokatidan 4 kishi omon qoldi, 2 kishi qidirilmoqda

Gaya-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan Rossiyaning xususiy Falcon 10 samolyoti qulashi oqibatida to‘rt kishi omon qoldi. Tirik qolganlar faqat ekipaj a’zolari bo‘lib, yana 2 nafar yo‘lovchini qidirish ishlari olib borilmoqda.

Yevroittifoq Ukraina uchun 20 mlrd yevrodan ortiq yangi harbiy yordam fondi yaratishni reja qilmoqda
22 yanvar 2024, 12:44

Yevroittifoq Ukraina uchun 20 mlrd yevrodan ortiq yangi harbiy yordam fondi yaratishni reja qilmoqda

Yevropa Ittifoqi Ukrainaga harbiy yordam bo‘yicha yangi rejani ko‘rib chiqadi. Buning uchun maxsus fond tashkil etilishi, unga Yevropa tinchlik fondidan 6,5 mlrd yevro ajratilishi, 2024−2027-yillarda esa yiliga 5 mlrd yevrodan o‘tkazib borilishi rejalashtirilmoqda.

Trampning respublikachilardan asosiy raqibi sifatida ko‘rilgan Ron Desantis prezidentlik kurashidan chiqdi
22 yanvar 2024, 11:56

Trampning respublikachilardan asosiy raqibi sifatida ko‘rilgan Ron Desantis prezidentlik kurashidan chiqdi

2023-yilda respublikachilar partiyasidan nomzodlik uchun kurashda Donald Trampga asosiy raqobatchi deb ko‘rilgan Ron Desantis prezidentlik kampaniyasini to‘xtatdi. Florida gubernatori o‘z tarafdorlarini Trampga ovoz berishga chaqirdi.

O‘zbekistonda IMEI kodini noqonuniy o‘zgartirish yoki nusxalash uchun javobgarlik belgilandi
22 yanvar 2024, 11:22

O‘zbekistonda IMEI kodini noqonuniy o‘zgartirish yoki nusxalash uchun javobgarlik belgilandi

O‘zbekistonda mobil qurilmalarning IMEI kodini qonunga xilof ravishda o‘zgartirish yoki nusxalash uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi. Bunda qoidani buzganlarga jarima solinishidan tashqari, jinoyat sodir etishda foydalanilgan ashyo musodara qilinadi.

Eski ToshMIdagi tarixiy binoning restavratsiya loyihasi tasdiqlandi
22 yanvar 2024, 11:14

Eski ToshMIdagi tarixiy binoning restavratsiya loyihasi tasdiqlandi

Madaniy meros agentligi xulosasi bilan eski ToshMI hududidagi sobiq kadet korpusining binosini restavratsiya qilish loyihasi tasdiqlandi. Uni O‘zshaharsozlik LITI davlat muassasasi ishlab chiqdi, qo‘shimchasiga 2 ta yotoqxona qurish, cherkov bo‘lgan yuqori qismni tiklash, tashqi ko‘rinishini saqlash belgilandi.

Payshanbadan havo soviy boshlaydi
22 yanvar 2024, 11:08

Payshanbadan havo soviy boshlaydi

O‘zbekistonda haftaning birinchi yarmi iliq bo‘ladi. Harorat kechalari +5, kunduzi +12…+15 darajagacha ko‘tariladi. So‘ng Volgabo‘yidan kirib keluvchi nam havo massalari tufayli 25-yanvarda respublika bo‘yicha yomg‘ir va qor bo‘ladi. Harorat shimolda kechasi −6…−11, kunduzi 0…−5 darajagacha soviydi.

Toshkentda firibgarlikda gumonlangan aka-uka ushlandi
22 yanvar 2024, 11:02

Toshkentda firibgarlikda gumonlangan aka-uka ushlandi

Toshkent shahar Tergov boshqarmasi tomonidan ikki shaxs firibgarlikda gumonlanib ushlandi. IIBB ushbu shaxslardan jabr ko‘rgan fuqarolar tegishli joylarga murojaat qilishini so‘radi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting