Poytaxtda «Cobalt» avtomobili harakatlanib kelayotgan teplovoz bilan to‘qnashib, YTH sodir etdi. Hodisa natijasida jarohat olganlar yo‘q.
2020 yilda O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha tadbirlarga 4 trln so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi. Xarajatlar dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va karantin zonalarini qurishga ajratilgani ma’lum qilindi.
1 apreldan avtotransport vositalari oynalarini qoraytirishga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmati internet orqali — YAIDXP portalidan ham amalga oshirilishi imkoniyati yaratilishi mumkin.
Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona shahridagi «Shodiyona» mahallasiga kutilmaganda tashrif buyurganda, bino va yo‘llarning nosozligini qattiq tanqid qildi. «Bu yo‘llar sharmandalik emasmi? Yo‘llarni sifatini qara. Men aytmasam nega qilmaysan shuni? Nimaga taklif bermaysan, hammang befarqsan?» deya prezident Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rahbariga murojaat qildi.
Toshkentda «SUM» qarshisida joylashgan xiyobonda mustaqillikning 30 yilligiga atab «Istiqlol» majmuasi qurilishi bo‘yicha poytaxt ma’muriyati qaroriga qarshi imzo kampaniyasi boshlandi.
Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida aerodrom qurilishi boshlandi. 4,5 gektar yer maydonida quriladigan aerodromning uchish va qo‘nish maydonchasi 650 metr uzunlikka ega bo‘ladi. Loyiha qiymati 12 mlrd so‘mga baholangan.
Dollarning rasmiy kursi 9 so‘mga arzonladi va jami 10 530 so‘m etib belgilandi. Yevro ham biroz pasaydi, rubl kursi esa qimmatladi.
Tashqi ishlar vazirligi Rossiyadagi oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan o‘zbekistonlik talabalarni Rossiya Federatsiyasi hududiga to‘sqinliklarsiz kirish huquqiga ega fuqarolar tasnifiga kirmasligi haqida ogohlantirdi va o‘qishga qaytish uchun turli soxta hujjatlar tayyorlayotgan shaxslarga murojaat qilmaslikka chaqirdi.
Sardor Umurzakov Islom taraqqiyot banki guruhi boshqaruvchilari kengashi — bankning oliy boshqaruv organining raisi etib saylandi.
«Gazlineftqazibchiqarish» boshqarmasi kapital qurilish va ta’mirlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Anvar Rajabov Buxoro tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Hindistonda muzlik ko‘chishi natijasida 14 kishining halok bo‘lgani tasdiqlandi, 170 nafarga yaqin kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Toshkent shahrida 46 sonli yo‘nalishdagi MAN va 134 sonli yo‘nalishdagi Isuzu avtobuslari to‘qnashdi. Bir nafar yo‘lovchi yengil tan jarohati oldi.
Andijon viloyati katta tergovchisi va vaqtincha aqlash hibsxonasi boshlig‘i 12 ming AQSH dollarini olayotgan paytda qo‘lga olindi. Andijon viloyati IIB katta tergovchisi va vaqtincha saqlash hibsxonasi boshlig‘i 12 ming dollar olayotganda hibsga olingan. Ular suddagi tanishlari orqali shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun va bojxona qonunchiligini buzganlikda ayblanayotgan shaxsga nisbatan jazoni yengillashtirishni va’da bergan.
Nukusda Granit Montaj Stroy qurilish kompaniyasi Nukus city hududida asfalt yotqizish hamda suv tarmoqlarini ta’mirlashga ajratilgan 246,1 mln so‘mni talon-toroj qildi. Kompaniya ishlarni to‘liq bajarmasdan, hisob-fakturalarga soxta ma’lumotlarni kiritgan.
Buxorodagi markaziy bozor ma’muriyati vakillari «Bukhara News» nashri so‘rovnomasini videoga olayotgan xodimlarning ishiga to‘sqinlik qildi. Jurnalistning mikrofoni va telefoni olib qo‘yilgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha AOKA tomonidan Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura va viloyat hokimligiga so‘rov yuborildi.
Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston va Yozyovon tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi. Bag‘dod tumani hokimi boshqa lavozimga o‘tishi munosabati bilan o‘z vazifasidan ozod etildi.
Andijon viloyatida bank filialining bosh mutaxassisi o‘tgan yilning dekabr oyidan, shu yilning yanvar oyigacha bankomatlardan 345,5 mln so‘mni o‘zlashtirib oldi. Bundan tashqari, fuqaro o‘z ixtiyorida bo‘lgan juda ko‘p miqdordagi mulkni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi ma’lum bo‘ldi.
Andijon viloyatida «MAN» yuk mashinasi svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan paytda, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani ko‘rmay qolib harakatlangan. Oqibatda 83 yoshli piyoda mashina tagida qolib, vafot etdi.
Yashnobod tumanida «YeQUINOX AT», «Kamaz» ga urilib, zarb natijasida yo‘l chetida turgan «Nexia» bilan to‘qnashuv sodir etdi. Bundan tashqari, «Kamaz» boshqaruvni yo‘qotib TMA-1 binosiga urilgan. YTHning barcha ishtirokchilari shifoxonaga yotqizildi.
Farg‘ona shahar hokimi, prokurori, ichki ishlar boshqarmasi va soliq inspeksiyasi rahbarlari prezidentning shahar mahallalaridan biriga rejasiz tashrifidan so‘ng o‘z vazifalaridan ozod etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting