8 fevral kuni soat 13:00larda, Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Ohangaron shoh ko‘chasida joylashgan «XOBAS-TAPO» binosi qarshisida haydovchi, B.A. (1962 y.t.) boshqaruvidagi «Cobalt» avtomobili hamda 8 ta vagon bilan harakatlanib ketayotgan, O.A. boshqaruvidagi «TEM2−7084» rusumli teplovoz ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishiga ko‘ra, to‘qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Ushbu hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.