Farg‘ona shahar hokimi Hamid Xabibidinov lavozimdan ozod etildi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Bu prezident Shavkat Mirziyoyevning juma kuni Farg‘ona shahridagi «Shodiyona» mahallasiga kutilmagan tashrifidan so‘ng sodir bo‘ldi.

«[Prezident] aholi bilan muloqot qilib, yashash tarzi bilan tanishdi, muammolarini so‘radi. Sektor rahbarlarining faoliyatidan umuman qoniqmadi», — deb yozadi O‘zA.

Farg‘ona shahrida o‘z vazifalarini bajarishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklari uchun shahar hokimi, prokurori, ichki ishlar va soliq inspeksiyasi boshlig‘i ishdan olindi, deyiladi xabarda.

Yangi rahbarlarning e’lon qilinishi kutilmoqda.

Bundan avval, Shavkat Mirziyoyev Quva tumanining sektor rahbarlarini ishdan olganligi haqida xabar bergan edik.