Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 9 fevraldan kuchga kiradi:

  • 1 AQSH dollari 9,61 so‘mga arzonladi va 10 530,83 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 110,65 so‘mga pasaydi va 12 681,23 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 1,91 so‘mga qimmatladi va 141,10 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta ham dollar kursi 21 so‘mga qimmatlab, jami 10 540 so‘mni tashkil qilgandi.