Davlat dasturi ijrosi bo‘yicha Hukumat hisobotida koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirishga 3 trln 962 mlrd so‘m sarflangani ma’lum qilindi.

Ayrim OAVlarda ushbu mablag‘ qanday tadbirlarga sarflangani haqida aniqlik kiritilmaganligi qayd etilgan.

Lekin, Moliya vazirligi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining xarajatlari bo‘yicha taqdim etgan ma’lumotlarda ushbu mablag‘lar qanday maqsadda ishlatilganligini ko‘rish mumkin.

Unga ko‘ra:

  • Dori vositalari va tibbiy buyumlar, ximoya vositalari va test tizimlari bilan ta’minlash hamda karantinda saqlash uchun 1,534 trln so‘m;
  • Tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, respublika sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan himoya choralarini amalga oshirish uchun 2,428 trln so‘m sarflangan

Bundan tashqari, karantin zonalarini va koronavirusni davolash bilan bog‘liq ob’ektlarni qurish, jihozlash va infratuzilma yaratish uchun 1 trln so‘m xarajat qilingan.