Bu haqda Investitsiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bosh vazir o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov rais etib saylangan kengash bankning oliy boshqaruv organi hisoblanadi.

Islom taraqqiyot banki, Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha islom korporatsiyasi, Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi, Investitsiyalar va eksport kreditlarini sug‘urtalash islom korporatsiyasi va Islom tadqiqot va ta’lim instituti kiradigan Islom taraqqiyot banki Guruhi 1974 yilda Jidda (Saudiya Arabistoni) shahrida tashkil etilgan. ITB a’zolari tarkibiga 57 mamlakat kiradi.

Bank faoliyatining asosiy yo‘nalishi iqtisodiyotning strategik tarmoqlarida yirik infratuzilmaviy va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni moliyalashtirish hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, 2020 yilning oktyabr oyida investitsiya vaziri Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) Boshqaruvchilari Kengashi raisining o‘rinbosari etib saylangan edi.