Davlat xavfsizlik xizmati va Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi xodimlari tomonidan Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi katta tergovchisi va ushbu bo‘limning vaqtincha saqlash hibsxonasi boshlig‘i qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda «O‘zbekiston 24» telekanali.

Ma’lumotlarga ko‘ra, IIB xodimlari o‘zaro kelishib, JKning 141−2 (shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish) va 182 (bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish) moddalari bilan ayblanayotgan fuqaroga sud idoralaridagi mansabdor shaxslar orqali ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanishiga yordam berishlarini va’da bergan.

Ular fuqaroning opasidan 12 ming AQSH dollar talab qilishgan.

Ushbu shaxslar so‘ralgan pullarni olayotgan paytda ashyoviy dallilar bilan ushlandi.