Prezident Shavkat Mirziyoyev 5 fevral kuni Farg‘ona shahridagi «Shodiyona» mahallasiga borib, MFY binosi, tozalab, tartibga keltirilmagan hovlilar, ta’mirtalab xonalarni ko‘rib, mahalla rahbarlarining tashabbussizligini tanqid qildi. Shahar hokimiga qattiq tanbeh berib:

«Nega shu paytgacha joyiga qo‘ymaysan? Nimaga men kelishim kerak? Hammang kabinetda o‘tirsang, qachon galstukni yechib, etik kiyasan? Surxondaryoga borgin, bunday mahalla raisi qolmagan», — deb aytdi davlat rahbari.

Yo‘llardagi nosozliklar sababli Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rahbari ham tanbeh oldi:

«Mana shu yo‘llarga kim javob berishi kerak? Sen meni shuncha oldimda yurgan odamsan, shuni aytmaysan. Bu yo‘llar sharmandalik emasmi? Yo‘llarni sifatini qara. Men aytmasam nega qilmaysan shuni? 4 yildan buyon oldimda yuribsan. Nimaga o‘zingni qiynamaysan? Shuncha pul beryapman. Nimaga taklif bermaysan, hammang befarqsan?» -dedi prezident.

Eslatib o‘tamiz, ushbu tashrifdan so‘ng Farg‘ona shahri rahbariyati — hokim, prokuror, ichki ishlar va soliq inspeksiyasi boshlig‘i ishdan olingan edi.