So‘x tumanida aerodrom qurilishi boshlandi, deya xabar bermoqda Farg‘ona xalqaro aeroporti rasmiy kanali.

Prezidentning So‘x tumanini rivojlantirish bo‘yicha qaroriga binoan, tumanda aerodrom qurilishi uchun «Novobod» MFY hududidan ja’mi 4,5 gektar yer maydoni ajratilgan.


Bu yerdan ilgari mahalliy aholi aeroport sifatida foydalangan.

Loyihaga ko‘ra, uchish va qo‘nish maydonchasining uzunligi 650 metr va eni 100 metrni tashkil etadi.

Loyiha qiymati 12 mlrd so‘mni tashkil etadi. Qurilish ishlarini may oyiga qadar yakuniga yetkazish rejalashtirilgan.

Farg‘ona va So‘x o‘rtasida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi avgust oyida ma’lum bo‘lgan edi.

O‘shanda aviaqatnovlarga O‘zbekistondagi «Humo AIR» aviakompaniyasining An-2 samolyoti hamda O‘zbekiston havo yo‘llarining «Uzbekistan Helicopters» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli MI-8 vertolyotlarini jalb qilish rejalashtirilganligi aytilgan edi.

Boshlang‘ich bosqichda kuniga 2 tadan parvozlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan edi.