8 fevral kuni soat 6:50 da Toshkent shahrining Ko‘kcha Darvoza va To‘qimachi ko‘chalari kesishmasida ikkita yo‘lovchi avtobuslari YTH sodir etdi, deya xabar berdi «Toshshahartransxizmat» kompaniyasi matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, «18 Avtobus saroyi» MCHJ tasarrufidagi, 46 sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi MAN rusumli avtobus, 134 sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi Isuzu rusumli avtobus bilan to‘qnashdi.

YTH natijasida bir nafar yo‘lovchi yengil tan jarohati olgan va shifoxonaga yetkazilib, hozirda, tez tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Holat yuzasidan «Toshshahartransxizmat» AJ Yo‘lovchi transportida harakat xavfsizligini nazorat etish boshqarmasi tomonidan xizmat surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda.