5 fevral kuni soat 14:30larda, Andijon viloyati, Asaka shahar, Beruniy MFY, I.Buxoriy ko‘chasida haydovchi, D.B.(1968 y.t.) «MAN» yuk avtomobilida svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turganida yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaro, Yu.A. (1938 y.t.) ni ko‘rmay qolib, harakatlanib yuborishi oqibatida urib yubordi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Oqibatda piyoda, 83 yoshli Yu.A. tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etdi.

Sodir bo‘lgan YTH yuzasidan Asaka shahar IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.