6 fevral kuni «Bukhara News» internet-nashri xodimlari Buxoro markaziy bozori ma’muriyati ularning ishlariga to‘sqinlik qilgani ҳақидаxabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, «Bukhara News» internet nashri tomonidan bozor hududida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazilayotgan paytda, bozor vakillari jurnalist hamda tasvirchiga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgan. Bundan tashqari, jurnalistning mikrofoni va telefonini olib qo‘yib, uning faoliyatiga qarshilik ko‘rsatgan.

Xabar e’lon qilingandan so‘ng, 6 yanvar kuni sodir bo‘lgan voqeaga O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi munosabat bildirdi.

«AOKA o‘z vakolati doirasida ushbu vaziyatni o‘rganib chiqib, tomonlarning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilishi yuzasidan Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura hamda Buxoro viloyati hokimligiga murojaat qildi», — deyiladi agentlik xabarida.

Bozor ma’muriyati ham voqea o‘rganilayotganligini va natijalari to‘g‘risida xabar berilishini ma’lum qildi.