«Gazeta.uz» tonirovkani uchun onlayn ruxsatnoma olish bo‘yicha qo‘llanmani e’lon qilgan. Uni quyidagi havolada o‘qishingiz mumkin.

1 apreldan boshlab avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirish (qoraytirish)ga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali ham amalga oshirilishiga imkoniyat yaratilishi rejalashtirilmoqda. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasida bu haqda so‘z boradi.

Loyihaga ko‘ra, avtomobil oynasini qoraytirish («tonirovka») uchun YAIDXP orqali murojaat etganda, davlat boji, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar to‘lanadigan summadan 90 foiz miqdorida to‘lanadi. Shu bilan birga, davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun to‘langan to‘lovlar Davlat bojlari va yig‘imlar summasi hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi orqali elektron tarzda amalga oshiriladi.

Tizim ishga tushganidan so‘ng YAIDXPda foydalanuvchining shaxsiy kabinetida shu foydalanuvchiga tegishli bo‘lgan avtotransport vositasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar avtomat tarzda joylashtiriladi va real vaqt rejimida yangilanib boradi.

Shuningdek, qaror loyihasida davlat xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy reglament talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazolar qo‘llash taklif qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning 14 dekabrida ham ushbu qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilgan edi.

«Gazeta.uz» tonirovkani uchun onlayn ruxsatnoma olish bo‘yicha qo‘llanmani e’lon qilgan. Uni quyidagi havolada o‘qishingiz mumkin.