23 mart kuni Termiz dala-o‘quv maydonida O‘zbekiston va Turkiya Respublikalari Qurolli Kuchlarining maxsus bo‘linmalari bilan hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quvining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Gazeta.uz»ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Harbiy xizmatchilar tajriba almashish uchun 15 km majmuaviy maxsus taktik yo‘lagidan o‘tish, jangovar ikkilik, uchlik va to‘rtlik tarkibida yaqin jang elementlari bo‘yicha ko‘rgazmali amaliy maxsus o‘q otish va qiyin sharoitlarda yashovchanlik holatlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarga jalb etildi.

Shu bilan birga, poligonda ishtirokchilar maxsus-taktik o‘quvi savollari bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borishdi hamda o‘zbek va turk harbiylari o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.

Maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari 27 mart kuniga qadar davom etadi.

Foto