Hodisa 23 mart kuni soat 11:30larda, Andijon viloyati, Andijon shahar, «Yangi O‘sh» ko‘chasida sodir bo‘lgan. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

M.M. (1978 y.t.) boshqaruvidagi Lacetti, J.X. (1989 y.t) boshqaruvidagi Lacetti, K.M. (1990 y.t.) boshqaruvidagi Labo va M.E. (1994 y.t.) boshqaruvidagi yana bir Lacetti avtomobillari ishtirokida to‘qnashuv yuz bergan.

YTH oqibatida Labo avtomobili haydovchisi K.M.ga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Andijon shahar IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, to‘qnashuv yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.