Bolalar orasida COVID-19 ga chalinish holatlari ko‘paygani sababli maktalar ta’tili uzaytirish masalasi ko‘rib chiqiladi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov Kun.uz`ga bergan intervyusida xabar bermoqda.

«Kasallanganlar orasida bolalar ulushi ortyapti. O‘tgan yili koronavirus pandemiyasi davrida umumiy kasallanishlar orasida bolalar ulushi 5−7 foiz bo‘lsa, hozirgi kunda bu ko‘rsatkich 25 foizdan ortib ketdi», — dedi u.

Shu sababli Toshkent shahrining ba’zi tumanlaridagi maktablar ta’limi onlayn tartibiga o‘tkazilgan.

«Hozir ta’til davom etyapti va ularning yakuniga qadar biz kasallikning tarqalish zanjirini uzishga muvaffaq bo‘lishni rejalashtiryapmiz. Mabodo vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarmasa, ta’tillar muddatini uzaytirish masalasini o‘ylab ko‘ramiz», — deya ta’kidladi Nurmat Otabekov.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Toshkent shahar boshqarmasi rahbari Malika Qudratxo‘jayeva 9 martga qadar 61 ta umumta’lim maktablaridagi 106 nafar o‘quvchida koronavirus infeksiyasi aniqlangani ҳақидаxabar bergan edi.