«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda Navro‘z bayrami uchun noodatiy taomlar ro‘yxatini taqdim etadi.

Asalli noodatiy qush tili


Agar siz qarsildoq va mazali qush tilini yoqtirsangiz, unda uni ushbu retsept bo‘yicha tayyorlab ko‘ring. Asalli qiyomga ega noodatiy qush tili — bayram dasturxoni uchun ayni muddao.

Turshak va olxo‘rili rogaliklar


Quritilgan mevalar bilan to‘ldirilgan rogaliklar yumshoq va qarsildoq bo‘lib chiqib, shakarsiz ham juda mazali bo‘ladi. Bunday rogaliklar uchun xamir retsepti esa juda oddiy.

O‘zbekcha yopgan non


Yopgan non — Markaziy Osiyo xalqlarining an’anaviy nonidir. Hech qanday bayram o‘zbekcha yopgan nonsiz o‘tmaydi. Bugun esa uni oddiy gaz pechida pishirish qanchalik osonligini ko‘rsatamiz, ular tandirda pishganday qarsildoq, bir xil tiniq, paxmoq bo‘lib chiqadi.

Bayramona osh va ayron


Ushbu palovni «Bayramona» deb atashlari bejizga emas — axir bu taom bayramona dasturxonga to‘liq loyiqdir. Ammo palovni mazali qilb pishirish uchun siz bir nechta sirlarni bilib olishingiz kerak.

«Bahor» salati


Ushbu foydali va mazali salatni rediska, shivit va ko‘k piyozdan foydali salat tayyorlash mumkin. Bayram dasturxoni uchun u ayni muddao bo‘ladi.

Oddiy xamirdan somsa


Ko‘katli somsani faqatgina qatlamali xamirdan tayyorlash shart emas. Yupqa qilib yoyilgan oddiy xamirdan u yanada mazaliroq bo‘lib pishadi. Uning ichidagi qiymasidan roxatlanishingizga esa hech nima halaqit qila olmaydi.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauztot
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15