Yandex Go xizmati Toshkent hududida to‘lov uchun bank kartalarini qabul qilishni boshladi. Bu haqda kompaniyaning matbuot xizmati «Gazeta.uz» ga xabar bermoqda.

To‘lovlarni O‘zbekistonning milliy UzCard va Humo to‘lov tizimlari kartalari, qolaversa, xalqaro Visa va Mastercard kartalari yordamida amalga oshirish mumkin.

Yandex Go ilovasini so‘nggi versiyagacha yangilatib va bir marta karta raqamini bog‘lab qo‘yish kerak bo‘ladi.

So‘ng, bosh menyudan «To‘lov usullari» bo‘limini ochish va karta raqamini qo‘lda kiritish lozim. Naqdsiz to‘lov usuli tanlanganda safar uchun to‘lov avtomatik tarzda yechib olinadi.