Daryo.uz bosh muharriri huquqni muhofaza qilish organlariga chaqirtirilganini rad etdi
20 mart 2021, 10:41

Daryo.uz bosh muharriri huquqni muhofaza qilish organlariga chaqirtirilganini rad etdi

Daryo.uz bosh muharriri Muhrim A’zamxo‘jayev uni «profilaktik suhbat uchun» huquqni muhofaza qilish organlariga chaqirtirishgani haqidagi xabarlarni rad etdi. «Gazeta.uz» manbalari esa bir necha jurnalistlar chaqirtirilganini ma’lum qildi.

Navro‘z bayramiga nima tayyorlaymiz?
20 mart 2021, 10:30

Navro‘z bayramiga nima tayyorlaymiz?

Zira.uz barchani yaqinlashib kelayotgan Navro‘z bayrami bilan tabriklaydi va bayram dasturxoni uchun bir nechta o‘ziga xos taomlarni tayyorlab qo‘ygan.

Surxondaryoda YPX xodimi avariya sodir etdi
20 mart 2021, 09:40

Surxondaryoda YPX xodimi avariya sodir etdi

Surxondaryoning Bandixon tumanida YPX inspektori «Lasetti» rusumli maxsus xizmat avtomobili boshqaruvini yo‘qotib, YTH sodir etdi. Hodisadan hech kim jabrlanmadi.

Jahon yangiliklari dayjesti
19 mart 2021, 20:30

Jahon yangiliklari dayjesti

Shimoliy Koreyaning Malayziya bilan diplomatik aloqalarni uzgani, Norvegiya bosh vazirining karantin qoidalarini buzganlikda gumon qilinishi, Yevropada AstraZeneca vaksinasi bilan emlash jarayonining qayta tiklangani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

Chorvoqdan suv yetkazib berish cheklanadi — prezident
19 mart 2021, 19:29

Chorvoqdan suv yetkazib berish cheklanadi — prezident

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi ekin yerlarini sug‘orish uchun Chorvoq suv omboridan suv ta’minoti cheklanishini ta’kidladi. “Sizlarga faqat Chorvoqni ochib bersa. Kanal suvga to‘lsa, keyin 24 soat suv oqadi. Siz hattoki ikki soat ham suvni nazorat qilmaysiz”, — deya prezident hokimlarga yuzlandi. Davlat rahbari chinozlik tadbirkordan o‘rnak olish zarurligini aytdi.

Yevropada koronavirus pandemiyasining uchinchi to‘lqini boshlandi — Yevropa komissiyasi
19 mart 2021, 19:04

Yevropada koronavirus pandemiyasining uchinchi to‘lqini boshlandi — Yevropa komissiyasi

Yevrokomissiya Yevropada koronavirus pandemiyasining uchinchi to‘lqini boshlanganini e’lon qildi. Yevropadagi bir qator mamlakatlarda koronavirus bilan bog‘liq og‘irlashgani sababli jiddiy karantin cheklovlari o‘rnatildi. Bunday holat yuzasidan Yevropa Ittifoqining bir qator mamlakatlari, jumladan Fransiya, Italiya, Germaniya, Sloveniya, Latviya hukumati rasmiylari AstraZeneca vaksinasidan foydalanishni davom ettirishga majbur ekanliklarini ma’lum qilishdi.

Qashqadaryoda Lacetti yo‘lni kesib o‘tayotgan bolalarni urib yubordi
19 mart 2021, 16:46

Qashqadaryoda Lacetti yo‘lni kesib o‘tayotgan bolalarni urib yubordi

Qarshi shahrida «Lacetti» haydovchisi mashinani orqaga boshqarayotib, 8 va 9 yoshli bolalarni urib yubordi. Ikkala voyaga yetmagan bolalar yengil tan jarohati olgani aytilmoqda.

Yevropa Chempionlar ligasi chorak finali juftliklari ma’lum bo‘ldi
19 mart 2021, 16:45

Yevropa Chempionlar ligasi chorak finali juftliklari ma’lum bo‘ldi

Chempionlar Ligasining ¼ finali juftliklari ma’lum bldi. ¼ finalning ilk o‘yinlari 6/7 aprel, javob o‘yinlari esa 13/14 aprel sanalarida bo‘lib o‘tadi.

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi bor pasaymoqda
19 mart 2021, 16:21

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi bor pasaymoqda

Dollarning rasmi kursi 8 so‘mga arzonladi va jami 10 506 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz pasaydi.

Navro‘z bayrami arafasida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
19 mart 2021, 16:13

Navro‘z bayrami arafasida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Bayram arafasida ko‘pchilik tumanlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi kutilmoqda. Bayram kuni 21 martda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida momaqaldiroq bilan yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati ikkiga bo‘linishi mumkinligini ma’lum qildi
19 mart 2021, 16:12

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati ikkiga bo‘linishi mumkinligini ma’lum qildi

Prezident Toshkent viloyatini ikkiga bo‘lishni o‘ylayotganini ma’lum qildi. «Ikkita ixchamgina viloyat bo‘ladi», — deya ta’kidladi u Nuravshonda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda.

Xonobodda temir yo‘l stansiyasi ishga tushdi
19 mart 2021, 15:51

Xonobodda temir yo‘l stansiyasi ishga tushdi

Andijon viloyatining Xonobod tumanida kuniga 500 nafargacha yo‘lovchi tashish mumkin bo‘lgan temir yo‘l stansiyasi ochildi.

«Hakam yangi o‘zgarishlarga tupurib ketdi» — Diyor Imomxo‘jayev
19 mart 2021, 15:31

«Hakam yangi o‘zgarishlarga tupurib ketdi» — Diyor Imomxo‘jayev

O‘zbekiston Professional futbol ligasi rahbari Diyor Imomxo‘jayev «So‘g‘diyona» — «Turon» uchrashuvida hakam bilan sodir bo‘lgan holat yuzasidan fikr bildirdi. Imomxo‘jayev hakam shu yo‘l bilan futboldagi o‘zgarishlarga tupurgani, futboldan ketgan ayrim insonlarga sodiqligini ko‘rsatganini aytib o‘tdi.

«Biz bitta mahalla raisini ham adolatli saylay olmaymiz-ku» — prezident hokimlar saylovi haqida
19 mart 2021, 14:56 1

«Biz bitta mahalla raisini ham adolatli saylay olmaymiz-ku» — prezident hokimlar saylovi haqida

Nurafshonda bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda prezident hokimlar saylovi haqida gapirar ekan, «Biz bitta mahalla raisini ham adolatli saylay olmaymiz-ku» — deya ta’kidladi. «Jamiyat tayyor bo‘lmagan muhitga saylovlarni qo‘yish xiyonat emasmi?», — bu xiyonat dedi davlat rahbari.

17 ta ixtisoslashtirilgan bolalar bog‘chalariga reabilitatsiya uskunalari topshirildi
19 mart 2021, 13:43

17 ta ixtisoslashtirilgan bolalar bog‘chalariga reabilitatsiya uskunalari topshirildi

MTV tomonidan Toshkentdagi 17 ta ixtisoslashtirilgan bolalar bog‘chalariga ortopedik yurish trenajyorlari, rangli to‘p bilan to‘ldirilgan quruq hovuzlar, biziborlar topshirildi.

Davron Xidoyatov prezident taklifiga binoan Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
19 mart 2021, 13:27

Davron Xidoyatov prezident taklifiga binoan Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Davron Xidoyatov Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Shavkat Mirziyoyev viloyat yangi rahbarining «harakatchanligi, bilimi va o‘z ustida ishlashini» ta’kidlab o‘tdi. «Bunday kadrlardan har bir viloyatda 4−5 tadan bo‘lganida edi, yana ancha rivojlanib ketardik. Ming afsuski yo‘q», — dedi u.

O‘zbekiston kubogi-2021 saralash va guruh bosqichiga qur’a tashlandi
19 mart 2021, 13:23

O‘zbekiston kubogi-2021 saralash va guruh bosqichiga qur’a tashlandi

18 mart kuni O‘zbekiston kubogi musobaqasining saralash hamda guruh bosqichi uchrashuvlariga qur’a tashlandi. O‘zbekiston kubogi-2021 final uchrashuvi Samarqandda bo‘lib o‘tadi.

FVV O‘zbekistonda uch kun kuchli shamol bo‘lishidan ogohlantirdi
19 mart 2021, 13:10

FVV O‘zbekistonda uch kun kuchli shamol bo‘lishidan ogohlantirdi

O‘zbekistonning ayrim hududlarida 18−20-mart kunlari kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda. Fuqarolardan kuchli shamol vaqtida zaruratsiz tashqariga chiqmaslik va mashinalarini daraxtlardan uzoqroqqa qo‘yish so‘raldi.

«Rustam Xolmatov o‘zi ariza yozdi, hech kim unga ket degani yo‘q» — prezident
19 mart 2021, 12:18

«Rustam Xolmatov o‘zi ariza yozdi, hech kim unga ket degani yo‘q» — prezident

Prezident raisligida xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda davlat rahbari viloyatning sobiq hokimi Rustam Xolmatovning ishdan ketish masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi. «Rustam Xolmatov o‘zi ariza yozdi, hech kim unga ket degani yo‘q», — dedi u. Bundan tashqari, prezident hozirga qadar hech kim shahar yoki tuman hokimi o‘zi ariza yozmaganini qayd etdi.

IKEA O‘zbekistonda fabrika ochishi haqidagi xabarlarni rad etdi
19 mart 2021, 11:55

IKEA O‘zbekistonda fabrika ochishi haqidagi xabarlarni rad etdi

Prezidentga Chirchiq shahrida IKEA kompaniyasining mebel ishlab chiqarish fabrikasi loyihasi taqdim etilgan edi. Kompaniya O‘zbekistonda fabrika ochish rejada yo‘q ekanligini ma’lum qildi. Bundan tashqari, 2025 yilga qadar IKEA dunyo bo‘ylab 12 ta do‘qonini ochishni ko‘zda tutgan. Biroq, O‘zbekiston mazkur ro‘yxatda ham mavjud emasligi aytilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting