Samarqandning Kattaqo‘rg‘onda fuqaroning ishonchiga kirib, uni harbiy xizmatga jo‘natishga urinish holati aniqlandi. Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ma’lum bo‘ldi, deya xabar bermoqda departament.

Takidlanishicha, fuqaro U. T. boshqa bir fuqaroni harbiy xizmatga jo‘natish va shartnoma asosida harbiy xizmatda qolish masalasini tanishlari orqali ijobiy hal qilib berishiga ishontirgan. Buning evaziga esa 3500 AQSH dollarni olgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan U.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan ish ochildi.

Ayni vaqtda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.