Seshanba kuni O‘zbekiston hududiga deyarli salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, deya xabar qilmoqda O‘zgidromet. Buning natijasida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 15−20° iliqdan yuqori bo‘lmaydi.

24−25 martda salqin havo massalari mamlakat hududlaridan chiqib ketadi, uning o‘rniga janubiy hududlardan iliq havo masslari kirib kelishi boshlanadi, bu kunlarda yog‘ingarchilik ehtimoli kam bo‘ladi, havo harorati kechalari 8−13° iliq, kunduz kunlari 20−25° iliq atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

26−27 martda respublikaga Kavkaz hududlaridan bulutli massivlar kirib keladi, buning hisobiga ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati kechalari 8−13° iliq, kunduz kunlari 17−22° iliq atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Ba’zi joylarda ayrim kunlarda shamol 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin.